Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT O’zingizni sevish nima degani? O’zini sevuvchi in | PSIXOLOGIYA | Психология

#RUHIYAT

O’zingizni sevish nima degani?

O’zini sevuvchi inson bu o’zini yaxshi biluvchi inson hisoblanadi. Xo’sh bunday odamga qanday sifatlar xos?

Demak u:

o’z hissiyotlarini boshqalar hissiyotidan ajrata oladi.
o’z imkoniyatlari chegarasni biladi
individual xususiyatlari va ishtiyoqlarini biladi

O’zini yaxshi ko’radigan odam o’zini va o’z tuyg’ularini asray oladi. U nafaqat ishga balki yetarlicha dam olish va hayotdan lazzatlanishga ham vaqt topadi. Hayotini birov uchun emas, o’zi uchun yaxshilashga harakat qiladi. O’zi bilan yuz berayotgan vaziyatlar uchun javobgarlikni bo’yniga oladi. U hayot yo’lini o’zi tanlay oladi.

O’zingizni yaxshi ko’rishni xohlaysizmi?

Unda hayotdagi yoqmaydigan narsalardan voz kechishni o’zrganing. Xato qilishga tayyor bo’ling. O’zingizni va o’z hissiyotlaringizni to’la anglashga harakat qiling. Shunda o’z qiziqishlaringizni va imkoniyatlaringizni payqay olasiz. Unutmang, odam o’zi yaxshi bilmaydigan odamni, yaxshi ko’ra olmaydi!

Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx