Get Mystery Box with random crypto!

#USUL Kechirim xatini yozish xafagarchiliklardan qutilishnin | PSIXOLOGIYA | Психология

#USUL

Kechirim xatini yozish xafagarchiliklardan qutilishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Buning uchun sizga: qalam, qogʻoz va ochiq qalb kerak boʻladi (bu texnikani yolgʻiz bajarish maqsadga muvofiqdir).

Demak, ushbu texnikani boshlaymiz...

Siz kimdan juda qattiq xafa boʻlgansiz? Bu sizning doʻstingiz, qarindoshingiz, hamkasbingiz, oila aʼzoyingiz yoki sevgan insoningiz boʻlishi mumkin.

Xatni u insondan nega xafa boʻlganingizni yozishdan boshlang, qachon nima uchun xafa boʻlgansiz, unga boʻlgan har bir tuygʻuni, nimani his qilishingizni hamma hammasini boricha yozing.


Xatning oxiriga kelganingizda esa sizda yengillik hisi paydo boʻlishi kerak, bu barcha shikoyatlaringizdan xalos boʻlganingizni belgisidir.
Xatni yozib boʻlgach uni yoqib yuboring yoki yirtib tashlashingiz ham mumkin.
Ushbu texnikadan soʻng, dush qabul qiling va choy ichib yoki yoqimli musiqa tinglab orom oling.


Каналга уланиш
https://t.me/+J2V-fjtmJ6pmZTEx