2021-01-26 17:18:29
#JAVOBLARI1 - JUFTLIK:
Sizning juftingiz bilan birgalikda did bilan tushgan chiroyli selfilaringiz (rasm) juda ko'p. Odamlar sizlarga havas bilan qarashlarini hohlaysizlar. Va do'stlaringiz sizlarni uzukga ko'z qo'ygandek, juda chiroyli juftlik deb hisoblashadi. Birgalikda umumiy qiziqishlarga egaligingiz uchun bir-biringizdan zerikib qolmaysizlar.
2 - JUFTLIK:
Sizlar bir-biringizga bog'lanib, hissiyotlaringizni atrofdagilarga ko'rgazma qilishni yoqtirmaysizlar. Bir-biringizning shaxsiy xudud va qiziqishlaringizni aniq bilasiz. Qalban betakror romantiksizlar.
3 - JUFTLIK:
Sizlar juda barqaror juftliksizlar. Munosabatlaringiz, o'zaro birgalikdagi qo'llab-quvvatlashlarga asoslangan. Birgalikdagi har bir oningizdan zavq olasiz, va birgalikda nima bilan shug'illanishingizning ahamiyati yo'q, sevimli filmingizni tomosha qilishmi.., shunchaki birga bo'lsangiz kifoya.
4 - JUFTLIK:
Sizning juftligingizda ayol o'z jufti bilan g'ururlanadi va bu haqda butun dunyoga jar solishga tayyor, u jamiyat fikriga ahamiyat bermaydigan darajada mustaqil va erkin. Erkak esa munosabatlar ustida ishlash kerak va zarur degan qoidaga amal qiladiganlar toifasiga kiradi. Munosabatlaringiz shiori - "Bir-biringizga nisbatan ochiq-oydinlik".
5 - JUFTLIK:
"Har bir buyuk erkak ortida buyuk ayol turadi" - bu iqtibos aynan sizning juftligingiz haqida. Ayol o'z erkagiga o'sha damda qaysi narsa xaqiqatdan muhimligi va qaysi narsalarga ko'proq ahamiyat qaratishi kerakligi haqida yo'l-yo'riq ko'rsatadi. Bunday qo'llab-quvvatlovchi jufti halol bilan juda katta yutuqlarga erishsa bo'ladi.
6 - JUFTLIK:
Ehtiros va ishonch bilan bir-biringizni bag'ringizga bosishingizdan, erkak ayolini har qanday ko'ngilsizliklardan himoya qilishni hohlashidan va qo'llab-quvvatlashga tayyorligidan darak beradi. Sizga xasad qilsa arziydi, chunki o'zaro hurmat va bir-biringizga bo'lgan so'zsiz sadoqatingiz - munosabatlaringiz ustuni.
7 - JUFTLIK:
Sizning juftligingizda erkak - bir so'z bilan aytganda lider, ustun, munosabatlaringizda doim mas'uliyatni katta qismini o'z zimmasiga oladi. U biroz serjaxlroq, ammo ayol uni tinchlantirib barcha kamchiliklarini kamaytiradi va munosabatdagi muvozanatni ushlab turadi. Shunday iborani eshitganmisiz: "Erkak ikki tarafni ham ushlaydi, Ayol esa muvozanatni"? Bu aynan sizlar haqingizda.
@Psixalogik_Tayyorgarlik
386 views14:18