Get Mystery Box with random crypto!

Atrofimda parvona olam, Qalbimga yoʻl izlaydi har dam. Ochilma | Мысли вслух

Atrofimda parvona olam,
Qalbimga yoʻl izlaydi har dam.
Ochilmagum boshqaga hecham,
Meni faqat sen oʻqi, Yaktam...

Sukunating yetkazar sitam,
Ovozingni sogʻindim biram.
Koʻrganlarga qilsin koʻp alam,
Meni faqat sen oʻqi, Yaktam...

Kutayapman, qoʻysang-chi qadam,
Kerak boʻlsa olib kelgin sham.
Intizorlar qator tursa ham,
Meni faqat sen oʻqi, Yaktam...