Get Mystery Box with random crypto!

Mina maydon Sahro kezar izlab uyin, Bo'ron ichra sapyor nodon | Мысли вслух

Mina maydon

Sahro kezar izlab uyin,
Bo'ron ichra sapyor nodon.
Qadam qo'yish buncha qiyin?
Hayoldagi mina maydon.

Xatar to'la oyoq tagi,
Oxir qani, kimga ayon?
Tinim bermas hayoldagi
Chegarasiz mina maydon.

Behalovat urar yurak,
Kalimaga ojiz zabon.
Xaloskordan bormi darak?
Azob berar mina maydon.

Istagani – olis manzil,
To'xtamaydi yutsa ham qon.
Balki bari oddiy hazil?
Balki ro'yo mina maydon?

Mayli, biroz olaqol tin,
Axir kerak chiqish omon.
Qadam qo'yish buncha qiyin?
Hayoldagi mina maydon.