Get Mystery Box with random crypto!

Basecamp nomli AQSH IT kompaniyasi o'z hududida siyosatni taqi | PROGER LIVE

Basecamp nomli AQSH IT kompaniyasi o'z hududida siyosatni taqiqlagach, xodimlarining uchdan bir qismini yo'qotdi.

1. Ish muhitida, xususan, ishga doir chat va forumlarda har qanday ijtimoiy-siyosiy mavzular taqiqlandi. Bunga sabab, xodimlarning ish vaqtidagi cheksiz bahslari kompaniyaga hech qanday foyda olib kelmasligi deb ko'rsatildi.

2. Imtiyozlar (sportzalni to'lab berish, tabiiy fermer xo'jaligi mahsulotlari va shunga o'xshash bema'niliklar) bekor qilinib, ularning o'rniga to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar joriy etildi. Hamma o'z pulini xohlaganday ishlatsin!

3. Ishchi guruhlar, komitetlar, xodimbay ishlash dasturlari bekor qilinib, ularning vazifasi direktorlar va javobgar shaxslarga yuklatildi. Shuningdek, xodimlarning hamkasblari tomonidan baholanish formatidan voz kechildi.

4. Basecamp dunyoni qutqarish yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan shug'ullanmaydi, uning vazifasi bozorga sifatli mahsulot taqdim etib, daromad ko'rishdir.

Shundan so'ng, kompaniyaning 20 dan ortiq ishchisi norozilik sifatida ariza yozib ishdan bo'shab ketishgan. Kompaniya rahbari bu holat uchun uzr so'radi va ketganlar va qolganlarga minnatdorchilik bildirib, o'zgarishlar bekor qilinmasligini ta'kidlab o'tdi.

@progerlive