Get Mystery Box with random crypto!

Kettik ona, shahar koʻrsatay, Tashvishidan aslo gʻam yemang. O | Professional Progress Center

Kettik ona, shahar koʻrsatay,
Tashvishidan aslo gʻam yemang.
Ona yuring shashlik oberay,
Faqat "Bolaaam, oʻzing ye" demang!

Olib boray gʻoʻzaaaal joylarga,
Koʻzingizni bir oz quvnatay.
Yoshligimda koʻp oʻynatgansiz,
Men ham sizni shunday oʻynatay.

Qoʻying bugun qozon-tovoqni,
Toʻxtab tursin uy yumushlari.
Bir kun yayrang siz ham iltimos,
Unutaylik dard-u gʻamlarni!

Eskiribdi ustuboshingiz,
Yangi koʻylak olay demaysiz.
Boʻyingizdan boʻyim balandda,
Qachongacha bizni oʻylaysiz?

Boʻling ona kettik shaharga,
Yangi koʻylak olib beraman.
Oʻgʻil boʻlib bir yasantiray,
Evaziga duo olaman.

Ona, onajonim kettik shahar koʻrsatay,
Tashvishidan aslo gʻam yemang!
Ona yuring shashlik oberay,
Faqat "Bolaaam, oʻzing ye" demang!

Muallifini bilmayman, lekin eshitib koʻzimga yosh keldi

@ProfProgressCenter