Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident_maktablari #Ochiq_eshiklar_kuni Bugun, 3-sentabr | Prezident maktablariga tayyorlov

#Prezident_maktablari
#Ochiq_eshiklar_kuni

Bugun, 3-sentabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

Unda 2022-2023-o'quv yilida mazkur maktabga o'qishga qabul qilingan o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yig'ilganlarga maktabda yaratilgan sharoitlar, o'quvchilar amal qilishi lozim bo'lgan qoidalar va o'qitish tizimi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, maktab ma'muriyati tomonidan o'quvchilar uchun ekskursiya tashkil etilib, ular muassasa hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube