Get Mystery Box with random crypto!

Ko'ngillarni qilib shod, Quizga xam qatnashdik, Bir boshidan o | Shaxsiy blog

Ko'ngillarni qilib shod,
Quizga xam qatnashdik,
Bir boshidan olsak yod,
Sababchisi Dilmurod.

Bu o'yinda mavzu ko'p,
Xind kinosi bor albat,
Xavotirga o'rin yo'q,
Darrov topadi Shuxrat.

Assalom aleykum,
Trend bo'ldi shu jumla,
Yoqolmaydi tabassum,
Abduvosid bilan birga.

Botib qolmaymiz o'yga,
Eshitib savollarni,
Savol tugagan joyga,
Qaraymiz Baxtiyorga.

Retro deysanmi ukam,
Xohlagingdan bergin,
Professirdir salkam,
Topadi Sherzod akam.

Miya qisib qoladi,
Variant kelmay gohida,
Qayerdandir oladi,
Azim aka borida.

Tashqaridan o'ylashar,
Bular topishgan tillo
Xar javobda baqirar,
Ukamiz Asadullo.

Onda sonda kelsa xam,
Ko'zga ko'rinsada kam,
Qalban biz bilan birga,
Bu ukamiz Xurram.

Endi bizga kelsak,
Kamtarona odammiz,
Javoblarda bo'lsa shak,
Topmasdanam topamiz.

(C) Oybek Ikramov