Get Mystery Box with random crypto!

Yakkasaroy yoshlarining murojaati joyida hal etilmoqda Bugu | 135-maktab matbuot xizmati

Yakkasaroy yoshlarining murojaati joyida hal etilmoqda

Bugun Yakkasaroy tumanidagi “M-faktor” uchrashuvlar zalida “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman prokurori N.Allabergenova, tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman DSI boshlig‘i A.Malikov, hokim o‘rinbosari I.Raximov, Yoshlar ishlari agentligi Yakkasaroy tuman bo‘limi rahbari, mahallalardagi yoshlar yetakchilar hamda ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv so‘nggida sektor rahbarlari tomonidan 2 ta yosh ishga joylashtirildi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan 9 nafar yoshga kasb-hunarga o‘qitish uchun sertefikatlar topshirildi.

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlarga subsidiya hisobida 4 ta noutbuk, 1ta printer, 1 ta tikuvchilik mashinasi, 1 ta monobulok, 1ta sartaroshlik anjomlari, 2 ta sukuter taqdim etildi.