Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli umumta’lim maktabida tum | 135-maktab matbuot xizmati

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli umumta’lim maktabida tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Nilufar Xusanbayeva, Yoshlar ishlari agentligi rahbari Umid Nabiyevlarning tumandagi maktablarning bitiruvchilari va mahalla yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman xalq taʼlimi masʼullari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari, mahalladagi yoshlar yetakchilari, maktab direktorlari, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri yoshlar bilan ochiq muloqotga kirishdi va tuman yoshlari o‘zlarining savollari, takliflar hamda muammolari bilan murojaat qilishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tuman ma'sullariga bandlikni ta'minlash, ishga joylashtirish bo'yicha, oliy ta'lim muassalariga o'qishga kirish bo'yicha savollar bilan murojaat qilindi. Murojaatlarga tushuntirish va tavsiyalar berilib, joyida qanoatlantirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlarni o‘rganish, hal etish yuzasidan ma'sullarga ko'rsatmalar berildi.