Get Mystery Box with random crypto!

11-avgust kuni soat 02:45 da chempionlarimiz bilan Hindistonda | Poytaxt mahalla yoshlari | Rasmiy kanal

11-avgust kuni soat 02:45 da chempionlarimiz bilan Hindistondan O‘zbekistonga qaytib keldik. Munosib va tantanali kutib olishga juda katta tayyorgarlik ko‘rilgan.

Prezidentimizning shaxmatchilarga yo‘llagan tabrigini bosh vazirimiz Abdulla Aripov o‘qib eshittirdilar. Chempionlarimizning har biriga Equinox avtomobili sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qaroriga asosan chempionlarning har biriga 600 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi. Avvalroq Prezidentimiz ularga davlat mukofotlari berish haqidagi farmonni imzolagandilar.

Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan kutib olishga chiqqan barcha yurtdoshlarimizga, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Telegram sahifamiz @yoshlarplatformasi

Telegram | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Twitter