Get Mystery Box with random crypto!

9-avgustdagi post (1/2) Chilonzor ko‘chasidagi (darvoqe, men | Серия пенальти_O'Z

9-avgustdagi post
(1/2)

Chilonzor ko‘chasidagi (darvoqe, men yashaydigan ko‘cha) daraxtlar bilan sodir boʻlgan qayg‘uli voqea ekologik muammo boʻlibgina qolmay, bizni yana mamlakatimizdagi samarasiz hokimiyat institutlari, qabul qilinayotgan qarorlarning o‘rtamiyona ijrosi, shuningdek, yemirilayotgan – yoki allaqachon yemirilgan - poydevor va karkas uzra chiroyli fasad ortidan quvish muammolarining kulgili olamiga murojaat qilishga undaydi.

Muammoning ekologik jihati haqida gap ketganda, shunchaki eslatib oʻtishni istardimki, bizning Partiyalar vazirligimizda (Parlament) Ekologik partiya bor (nimagadir) Xoʻsh, gap kelganda, aytib oʻtsam, Fransiyada tahsil olayotgan vaqtim “Yevropa Ittifoqida qarorlar qabul qilish jarayoni” fanida Fransiya shaharlaridan birida aeroport qurilishi loyihasi bilan bogʻliq keysni oʻrganib chiqqan edik. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi (amalga oshirilishining qoq oʻrtasida emas, balki ishga tushirilishi) yashil partiya, yashil NNTlar (Fransiyada mustaqil NNTlar ham roʻyxatga olinishi mumkin) va mahalliy aktivistlar tomonidan hududning oʻsimlik va hayvonot dunyosi (hatto u yerda yashaydigan hayvonlarning roʻyxati ham bor edi – aniq qaysilar ekanligi esimda yoʻq) yuz tutishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar, aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va boshqalar sababli toʻxtatib qoʻyilgan. Oxir-oqibat, loyihaning realizatsiyasini uzoq vaqt davomida boshlay olishmagan. Hozir bu qaysi shaharda yuz berganini aniq eslolmayman. Loyihaning taqdiri nima boʻldi va hozir amalga oshirishning qaysi bosqichida ekanligi qiziq.

Sevimli futbol klubim – Milanning “Inter” klubi , “Milan” futbol klubidan boʻlmish qoʻshnilari bilan birgalikda, mana uch yildirki, oʻz stadionini qurish uchun ruxsat olishga erisholmadi. Shahar hokimiyati qurilishni jamoaning hozirgi stadionini buzib tashlamasdan turib amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqligi xususida sira bir qarorga kela olmaydi (spoiler: u eski boʻlganligi, zamonaviy talablarga javob bermasligi va qayta taʼmirlashga tushmaganligi uchungina buzib tashlash mumkin emas). Ikkinchidan, birinchi vaziyatda boʻlgani singari, “Inter” va “Milan” loyiha shaharning ekologik muhitiga zarar keltirmasligini mutasaddi idoralarga sira isbotlay olmaydi. Futboldan yiroq boʻlganlar uchun qisqacha maʼlumot. “Inter” va “Milan” – yirik italyan jamoalari, har biri 19 karra Italiya chempioni, ikki jamoa umumiy 10 karra Chempionlar ligasi gʻolibligiga ega (“Inter” – 3 karra, “Milan” – 7 karra), turli davrlarda italyan futboli oʻyin uslublarini shakllantirgan klublar hisoblanadi. Aytmoqchimanki, bizning tizimda bu kabi brendlar – aynan sport brendlari boʻlishi shart emas – shunchaki nima va qayerda qurmoqchi ekanliklarini aytishlari kifoya qilgan boʻlar edi. Atrofdagilar esa “Nima qipti, axir ular bizning faxrimiz” deya, ularga nimaiki istasalar, shuni qilishlariga ruxsat berish kerakligini aytgan boʻlardilar