Get Mystery Box with random crypto!

#pop_ixtisoslashtirilgan_maktabi #qabul_2024 #1_iyundan_20_iy | POP YANGILIKLARI | RASMIY

#pop_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha

POP TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILINADI!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Maktabimizga aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5, 6, 7, 8 ,9 ,10-sinfga o'quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi.

5-6-7-sinf o'quvchilariga matematika va ingliz tili fanlaridan;

8-9-10-sinf o'quvchilariga matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan kirish imtihonlari o'tkaziladi.

@popliklar