Get Mystery Box with random crypto!

POMUQLIKLAR 24/7

Telegram kanalining logotibi pomuqliklar — POMUQLIKLAR 24/7 P
Telegram kanalining logotibi pomuqliklar — POMUQLIKLAR 24/7
Kanal manzili: @pomuqliklar
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.47K
Kanalning ta’rifi

📌 Каналда: Шахсий фикрлар, муҳим хабар ва янгиликлар бериб борилади!
Энг яхшиларини улашамиз!!!
Алоқа учун: @yaxshiamakibot
Шахсий блог: @bshermatov

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-20 17:00:21
Bugun kredit ololmay ogʻzini tikib, ochlik eʼlon qilgan yangiyoʻllik fuqaroning uyiga tuman hokimi va sektor rahbarlari bordi

Fuqaroga tekinga qoʻylar berildi.

Hokim: Oktyabr oyigacha toʻy qilamiz. Toʻyxonasi mendan!

P.S.: Har qanday vaziyatda ham joniga qasd qilish, oʻzini qiynash, yoqish, osish oqlanmaydi. Bular muammoga yechim emas!

@pomuqliklar
3.3K views | ЂҽҡзσΔ | , 14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-19 20:30:56 ​​ Pora bilan qoʻlga tushgan masʼul kimligi maʼlum qilindi Qashqadaryo viloyat hokimligida tanqidiy ruhda boʻlib oʻtayotgan apparat yigʻilishida Murotjon Azimov - Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari…
3.3K views | ЂҽҡзσΔ | , edited  17:30
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:00:02
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro imtiyozli kredit olish so‘roviga rasmiylar ijobiy javob qaytarmagani uchun o‘z og‘zini tikib, ochlik e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xalqobod mahallasida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro S. S. chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun mas’ullardan imtiyozli kredit ajratib berishini so‘ragan. Qolaversa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham yetti marta shu masalada ariza yozgan. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videomurojaatida aytgan.

Shuningdek, u videomurojaatida hokim yordamchisi, prokuror yordamchisi, Xalqobod mahalla raisi yordamchisiga ham olti oydan beri murojaat qilayotganini aytgan. Biroq uning so‘rovlari javobsiz qolgan.

Shuning uchun u norozilik bildirish maqsadida o‘z og‘zini tikib, ochlik e’lon qilgan.

@pomuqliklar
3.6K views | ЂҽҡзσΔ | , 15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-19 01:03:04
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida muqaddas Kaʼbatullohni tavof qildi.

@pomuqliklar
2.7K views | ЂҽҡзσΔ | , 22:03
Ochish/sharhlash
2022-08-18 07:00:05 Shahrisabz shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga subsidiya mablagʻlari yoʻnaltirib berish evaziga 400 AQSH dollari talab qilib olgan vaqtida ushlangan - Viloyat prokuraturasi.

@pomuqliklar
3.3K views | ЂҽҡзσΔ | , 04:00
Ochish/sharhlash
2022-08-18 06:00:48
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Angor tumani prokurorini haqorat qilgani eshitilgan audio eʼlon qilindi

Kuzatamiz...

@pomuqliklar
8.0K views | ЂҽҡзσΔ | , edited  03:00
Ochish/sharhlash
2022-08-17 17:00:21 ​​ Ijt. tarmoqlarda Muborak tumanida Spark hamda Gentra rusumli avtomobil yonib ketgani aks etgan video tarqaldi

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.


2022-yil 15-avgust kuni soat taxminan 22:30 larda xalqaro ahamiyatga molik А-380 “Gʻuzor -Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yoʻlining 105 km da Muborak tumani Qaraqum qishlogʻi hududida “Jentra” rusumli avtomobil haydovchisi “Muborak-Koson” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina old qismiga urilib, YTH sodir etgan. 

Natijada “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan bir nafar fuqaro ogʻir tan jarohati olib, vafot etgan. Bir nafar yoʼlovchi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. “Jentra” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan besh nafar fuqarolar ogʻir tan jarohati olib, vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@pomuqliklar
2.9K views | ЂҽҡзσΔ | , 14:00
Ochish/sharhlash