Get Mystery Box with random crypto!

29 oktyabr kuni Toshkent politexnika muzeyida «NAUKA 0+» Birin | Toshkent Politexnika muzeyi

29 oktyabr kuni Toshkent politexnika muzeyida «NAUKA 0+» Birinchi Xalqaro ilmiy festivalning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir Rossiyada e'lon qilingan Xalqaro amaliy fanlar yiliga bag'ishlanadi. Festival doirasida mashhur olimlarning ilmiy leksiyalari,interakitv ko'rgazmalar, insoniyatning rivojlanishi to'g'risida muhokamalar, ilmiy filmlar va spektakllar namoyishi,robotlar shousi,kvizlar,kvest,ilmiy tomoshalar va ko'plab hodisalar sizni kutib turibdi. Barcha xoxlovchilar qiziqarli master-klasslar va virtual laboratoriyalar yordamida tadqiqotchilarning bugungi faoliyatiga nazar solishlari mumkin.
Festival ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Oliy, O'rta-maxsus va Maktabgacha ta'lim Vazirligi vakillari, O'zbekiston,Rossiya va Belorussiya Fanlar akademiyasi olimlari, O'zbekiston va Rossiyaning yetakchi OTMlari rektorlari hamda «San'at,ilm-fan va sport» nomli Alisher Usmonov xayriya fondi vakillari ishtirok etdilar. Festival bugun, 30-oktyabr sanasida ham Toshkent politexnika muzeyida, M.V. Lomonosov nomidagi MDU filialida, D.I. Mendelyev nomidagi RKTU filialida, Toshkent kimyo-texnologiyalari institutida va boshqa ilmiy-ta'lim tashkilotlarida davom etmoqda.

Manzil:Amir Temur Shox ko'chasi 13.

Tel: (55)500-01-14

Telegram | Instagram | Facebook