Get Mystery Box with random crypto!

Eshitgan xabarni tekshirmasdan tarqatish ham yolg’onchilikdir. | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Eshitgan xabarni tekshirmasdan tarqatish ham yolg’onchilikdir.

Bir necha kundan beri Farg’ona shahrida o’tkazilgan asosiy imtihondagi vaziyatlar bo’yicha turli kanallarda yozilgan postlar muhokama qilinmoqda. Ushbu postlarda Farg’ona shahridagi imtihonlarda B va C daraja ingliz tili savollari almashtirib berilganligi, savollarning kech yetib kelgani va javoblar varog’ida oldin bo’yalgan joylari mavjudligi yozilgan. Ushbu xabarlarni o’qib, ba’zi insonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi bo’yicha turli gap so’zlarni tarqatishga ham urinmoqda.

Ammo biz xolis uchinchi tomon sifatida imtihonlarning adolatsiz o’tishi bo’yicha biror sabab yoki asosni topa olmadik. Bu tashkilotning moliyaviy ta’minoti muhtahkam bo’lib, tashkilot uchun alohida jamg’arma shakllantirilgan. Demak, moliyaviy yetishmovchilik sabab korrupsiya sodir bo'lmaydi. Biror “kattakon” insonning farzandini “gaplashib” maktabga kiritishi ham imkonsiz. Chunki, bu maktablar prezident ta’lim muassasalaridan hisoblanadi va moliyaviy ta’minlovchi jamg’armaning vasiylik kengashi raisi – O’zbekiston Respublikasi Prezidentidir. Demak, Farg’onadagi holat tashkillashtirishdagi xatolar natijasida sodir bo’lgan deb aytish mumkin.

Agentlik bu holat bo’yicha vaziyatni o’rganib yaqin orada rasmiy bayonot berishini xabar bergan. Ota-onalar ushbu maktablarda imtihonlar adolatli o’tishiga ishonadi. Shuning uchun Agentlik ushbu vaziyat bo’yicha farg’onalik ota-onalar bilan aloqa o’rnatishi, agar asosli sabablar bo’lsa imtihonlarni qayta o’tkazishi lozim.