Get Mystery Box with random crypto!

#Imtihon_2021 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.