Get Mystery Box with random crypto!

PMTESTS jamoasi tomonidan 150 mln so'm yutuq fondiga ega KATTA | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal



PMTESTS jamoasi tomonidan 150 mln so'm yutuq fondiga ega KATTA YUTUQLI OLIMPIADA o'tkaziladi.


Respublikamiz bo'ylab ko'plab o'quvchilarni o'ziga jalb qilgan 4-sinf bitiruvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "KATTA YUTUQLI OLIMPIADA" 9-iyun yakshanba kuni "Target International School" maktabi Tinchlik filialida bo'lib o'tadi.

Respublika bo'yicha eng kuchli yo'llanma olgan 120ta o'quvchi Toshkent shahrida offline testni yechadilar va o'sha kunning o'zida g'oliblar aniqlanadi.
G'oliblar quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o'rin 60mln so'm
2-o'rin 35mln so'm
3-o'rin 20mln so'm
4-38-o'rinlar 1mln so'm dan

Bugungi kunda Prezident maktablariga muqobil, ular bilan ta'lim sifati va o'quvchilari natijalari bo'yicha raqobat qila oladigan "Target" xalqaro maktabida Respublikadagi eng kuchli 4-sinf bitiruvchilari KATTA YUTUQLI OLIMPIADA uchun jamlanishadi.

Olimpiada matematika fanidan 40 ta (15 ta oson, 15 ta o'rta murakkablikda va 10 ta murakkab) test savolidan iborat bo'ladi.

Lokatsiya: Target International School "Tinchlik" filiali.
Mo'ljal: G'uncha kinoteatri.

t.me/PMTESTS