Get Mystery Box with random crypto!

Termiz shahridagi Prezident maktabi

Telegram kanalining logotibi pmtermiz — Termiz shahridagi Prezident maktabi T
Telegram kanalining logotibi pmtermiz — Termiz shahridagi Prezident maktabi
Kanal manzili: @pmtermiz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.47K
Kanalning ta’rifi

Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaat_bot
https://www.instagram.com/pmtermiz
https://m.facebook.com/pmtermiz
https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-31 20:40:04
Президент ушбу юксак марраларга эришиш учун 2026 йилгача Тараққиёт стратегияси доирасида 5 та асосий вазифани белгилаб берди.

Биринчи - таълим соҳасида фарзандларимиз замонавий билим ва кўникмаларни пухта эгаллашлари учун энг қулай шароитлар яратиш изчил давом эттирилади. Бунинг учун мактабларнинг ўқув дастурлари, ўқитиш услуби, дарсликлар мазмуни тубдан қайта кўриб чиқилади.

Иккинчи - ҳар қандай баҳсли масалага адолатли ечим фақат одил суд томонидан топилиши керак. Судьялар ишига ҳар қандай аралашув кескин жазоланади, уларнинг хавотирсиз ишлаши учун барча зарур шароитлар яратилади.

Учинчи - бизнесни ривожлантириш орқали қўшимча иш ўринлари яратилади, камбағаллик қисқаради, аҳоли даромадлари кўпаяди. Бунинг учун хусусий мулк ва тадбиркорликка халақит бераётган барча тўсиқлар бартараф этилади. Давлат бошқаруви ислоҳ қилиниб, иқтисодиётда давлат иштироки кескин камайтирилади.

Тўртинчи - соғлиқни сақлаш тизимида аҳолига янада сифатли ва малакали тиббий хизматлардан фойдаланиш имкониятини кенгайтирилади. Барча ҳудудларда шошилинч тиббий ёрдам қамрови оширилиб, одамларга янада яқинлаштирилади.

Бешинчи - аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш масаласи доимо диққат марказида бўлади. Соҳага жалб қилинаётган инвестициялар ҳажми кескин кўпайтирилади.

Facebook|Instagram|Twitter
314 views17:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:13:08
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlanadi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan ijro etilgan "Ona vatan, qutlar seni farzandlaring!" she'ri.

She'r muallifi: Temurbek Otaxonov

Videoni Youtube orqali ko'rish

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
612 views15:13
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:11:09
#Tabriknoma
#Mustaqillik_31_yil

Aziz yurtdoshlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir millatdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.

Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!

#Ayyom_muborak

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
403 views15:11
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:05:20 Termiz shahridagi Prezident maktabi pinned a photo
14:05
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:57:50
#Эълон
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.

Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
415 views11:57
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:13:05
Aziz yurtdoshlar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga, el-yurtimizga fayzu baraka tilaymiz.

Yurt obodligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi
816 viewsedited  04:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:09:14
#Imtihon_natijalari
#Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e’lon qilindi!

Joriy yilning 2-AVGUST kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan ID raqamingizni kiritish orqali - https://portal.piima.uz/page/prezident-maktablari-natijalari-2-bosqich

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali - https://www.admissionstesting.org/campaigns/pres_schools_selection_22_v8b6mx2xtr

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet"i orqali.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
529 views13:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:23:53
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun tashkil etilgan "Muvaffaqiyat strategiyalari" seminar-treninglarning 4-kunidan fotoreportaj.

#Trening #Fotoreportaj

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
575 views09:23
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:52:17
#OAV

Yangiliklar 24 | Prezident maktablari direktorlari va pedagoglari uchun seminar trening.

Manba:
https://t.me/mtrkuzofficial/109256

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
793 views11:52
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:39:36
#Surxondaryo
#Mustaqillik_bayrami

Surxondaryoda mustaqillikning 31 yilligi ayyomi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
811 views05:39
Ochish/sharhlash