Get Mystery Box with random crypto!

#Сўраган_эдингиз Prezident maktablari saralash bosqichida b | Prezident Maktab Ixtisoslashtirilgan maktablar tayyorlov

#Сўраган_эдингиз


Prezident maktablari saralash bosqichida bir xil ball to'plagan o'quvchilardan qaysi biri yuqoriroq o'rinni egallaganligini qanday qilib aniqlanadi?

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda:
Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni

C toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;

B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;

A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;

Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.


Manbaa: Piima.uz

Respublika bo'ylab Prezident maktablariga tayyorlov maxsus kanali: t.me/pm_testing