Get Mystery Box with random crypto!

​​G'alati qoidalar (1-lavha)! AQSh dengiz flotidagi “dengiz m | Плацебо

​​G'alati qoidalar (1-lavha)!

AQSh dengiz flotidagi “dengiz mushuklari” bo’linmasida maxsus mashqlar mavjud: ular odamning qo'llarini orqasiga bog'lab, to'pig'ini bog'lab, 3 metr chuqurlikdagi basseynga tashlashadi.

Ishtirokchining vazifasi - besh daqiqa davomida omon qolish.

"Dengiz mushuklari" ning mashg'ulotlarida bu kabi mashqlar tez-tez takrorlanadigan bo'lsa ham, yangi ishtirokchilarning aksariyati muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko'pchilik odamlar tezda vahimaga tushib qoladilar va tortib olishlarini so'rab qichqira boshlaydilar. Ba'zilar esa suzishga harakat qilishadi, lekin ular suv ostiga tushishganidan keyin ularni ham qutqarib olishga to'g'ri keladi. Ko'p yillik mashg'ulotlar mobaynida hatto bir necha bor o'lim holatlari kuzatilgan.

Shunday bo'lsa ham, ba'zi odamlar bu vazifani uddalay olishadi va bunda ularga mutlaqo bir-biriga qarama-qarshi ikkita qoidalarni bilish yordam beradi.

Birinchi qoida paradoksga oxshaydi: siz boshingizni suv ustida saqlab turishga qanchalik ko'p urinsangiz, shunchalik cho'kish ehtimolligingiz ko'payaveradi.

Bog'langan qo'llar va oyoqlar bilan o'zingizni suv yuzasida besh daqiqa ushlab turish imkonsiz ish. Bundan tashqari, sizning notekis tebranishingiz sizni yanada tezroq cho'ktirishga yordam beradi. Bu mashg’ulotning siri shundaki, o'zingizni hovuz tubiga cho'ktirishingiz kerak. Keyin, oyoqlaringizni pastki qismini hovuz tubiga tirab, kuch bilan itarishingiz kerak va siz suv yuzasiga chiqqaningizda, tez nafas olishga ulgurishingiz zarur va butun jarayonni yana qayta boshlashingiz kerak.

(8 yoshimda AQSh dengiz harbiy kuchlarida “dengiz mushuklari” bo’linmasi borligini hali bilmagan paytlarimda, men Zatokada dengizda shu usul bilan qutulib qoldim (to’pimni olish uchun dengizga tushib ketgan edim), chuqurlikda turib oyoqlarimga tayanib yuqoriga qirg’oq tomonga sakradim. Shunday qilib sakrab-sakrab sayoz joyga yetib kelib oldim)

Ajablanarlisi shundaki, ushbu texnika g'ayritabiiy kuch yoki maxsus chidamlilikni talab qilmaydi. Hatto, suzishni bilishning ham hojati yo'q, aksincha, siz suzishga hattoki urinmasligingiz talab etiladi. Siz fizika qonunlariga qarshi turmasligingiz, aksincha, ularni hayotingizni saqlab qolish uchun ishlatishingiz kerak.

Ikkinchi qoida biroz aniqroq, ammo ayni paytda paradoksal xususiyatga ham ega: qanchalik ko'p vahima qilsangiz, sizga shuncha ko'p kislorod kerak bo'ladi va siz hushingizni yo’qotib, suvga g'arq bo'lish ehtimoli ortadi. Mashg’ulot sizning omon qolish instinktingizni sizning o’zingizga qarshi qo’yadi: nafas olish istagingiz qanchalik kuchli bo'lsa, buning uchun sizda shunchalik kam imkoniyat bo'ladi. Va sizning yashash istagingiz qanchalik kuchli bo'lsa, o'lishingiz ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.

Shunday qilib, ushbu mashg’ulot jismoniy kuch yoki irodani sinash uchun emas. Balki, bu qiyin vaziyatlarda o'zini boshqarish qobiliyatiga qaratilgan. Inson o'z instinktiv impulslarini boshqara oladimi? U potentsial o'lim oldida tinch tura oladimi? U qandaydir yuqori darajadagi topshiriqni bajarish uchun o'z hayotini xavf ostiga qo'ya oladimi?

(c) Mark Menson

Kanalga qo'shiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1