Get Mystery Box with random crypto!

SHOKOLADLI CHIZKEYK Muallif | afiyat_cooking Kerakli masal | PISHIRIQLAR 🍭🧁

SHOKOLADLI CHIZKEYK

Muallif | afiyat_cooking

Kerakli masalliqlar:
1- qavat
300 gr qora pechenye
120 gr saryog’
1 osh q. shokolad pastasi
2 osh q. maydalangan yong’oq
2-qavat
200 gr iriska malako
100 gr to’g’ralgan yong’oq
3- qavat
1 pachka jelatin + 8 osh qoshiq muzdek suv
300 gr chizkrem
130 gr shakar upasi
400 gr qaymoq
4- qavat
100 gr qaymoq
1 plitka shokolad

Tayyorlanishi:
Pechenyeni maydalab, shokolad pastasi , eritilgan saryog’, maydalangan yong’oq qo’shib aralashtirib qolipga preslab solamiz. Iriska malako va to’g’ralgan yong’oqni aralashtirib ustidan solamiz .
Jelatin va muzdek suvni aralashtirib 10 daqiqa ustini yopib qo’yamiz .
Chizkremni shakar upasi bilan silliq qilib mikser qilib, qaymoqni solamiz va oz vaqt ko’pirtiramiz . Jelatinni eritib olib qaymoqli massaga solib tezda aralashtirib , qolioga quyib tekislab olamiz . Muzlatgichga 1-2 soatga joylaymiz . Shokolad va qaymoqni aralashtirib ustidan quyamiz.

https://telegram.me/joinchat/TqNLAi1_UIQyZjNi