Get Mystery Box with random crypto!

Bugun “Peshqadam karvoni” loyihasining mutaxassislar tayyorlas | Peshqadam Karvoni

Bugun “Peshqadam karvoni” loyihasining mutaxassislar tayyorlash va media loyihalari yoʻnalishlari bo‘yicha yangi murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga defektolog, logoped, grafik dizayner, vloger va montaj ustalari tashrif buyurdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari maqsad va qiziqishlari haqida tushuncha berdilar va o‘z g‘oyalari bilan tanishtirdilar. Ularga amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalarini batafsil yoritishlari, dastur tuzishlari va konsepsiya topshirish vazifasi yuklatildi.

Murojaatchilar tashrifidan minnatdormiz va kelgusida “Peshqadam karvoni” loyihasi ishtirokchilari safidan joy egallab, manfaatli ishlarda peshqadamlik ko‘rsatishlarini tilab qolamiz.

@Peshqadam_Karvoni