Get Mystery Box with random crypto!

“Kutubxonalar tashkil qilish” va “Ilmiy faoliyat” yo‘nalishi d | Peshqadam Karvoni

“Kutubxonalar tashkil qilish” va “Ilmiy faoliyat” yo‘nalishi doirasida yangi shartnomalar tuzildi

13-mart kuni loyihaning "Kutubxonalar tashkil qilish" va "Ilmiy faoliyat" yo‘nalishi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda loyihaga a’zolik uchun nomzod hisoblangan ikki ishtirokchi bilan shartnoma imzolandi.

Abduvahhob To‘xtanazarov "Ilmiy faoliyat" yo‘nalishida Hazratning "Kifoya" asari asosida “Shayx Muhammad Sodiqning “Al-Kifoya” asarida fiqhiy masalalarning yoritilish metodikasi” mavzusida ilmiy izlanish olib boryapti.

Roza Ollaberganova Xorazmda, Urganch buyum bozorida xalq kutubxonasi tashkil etib, xorazmlik kitobxonlar uchun beminnat kitoblar ulashib kelmoqda.

Alloh qilayotgan bu ishlarini barchamiz uchun xayrli va manfaatli qilsin!

@peshqadam_karvoni