Get Mystery Box with random crypto!

Ancha hayot koʻrdim, koʻp taqdir koʻrdim, Duel boshlanmoqda... | persönlich

Ancha hayot koʻrdim, koʻp taqdir koʻrdim,
Duel boshlanmoqda... tugaydi ğamlar
Foydasi yo'q ekan, shuncha gapirdim,
Soʻzimni qizğondim sizdan, odamlar!

Ey yurak, sengina aybimdan o'tgil,
Menga baxsh etganding ne go'zal damlar,
Mangu ketajakman, yumaman butkul-
Ko'zimni qizğondim sizdan, odamlar!

Xazondan boshqasi yarashmas kuzga,
Yashillik - yolgʻondir, jabru sitamlar.
Aldamchi bahorni qoldirdim sizga,
Kuzimni qizg'ondim sizdan, odamlar!

Ana, o'q ovozi! Xamma xangu mang...
Kerakmas yordamlar! Achchiq malxamlar.
Nega buncha barvaqt ketyabsan, demang,
O'zimni qizğondim sizdan, odamlar!

Pushkin

https://t.me/personlich