Get Mystery Box with random crypto!

Recommendation Letter (RL1) Bugungi postda “Application proce | Personal'

Recommendation Letter (RL1)

Bugungi postda “Application process”ning muhim qismlaridan biri bo`lgan “Recommendation letter” lar haqida qisqacha gapirib o’tamiz.

1. “Recommendation Letter” nima?

Recommendation letter (RL)- bu ma`lum bir o`quv dasturida - universitetlarga - qatnashishingiz uchun sizni tavsiya qilingan xatdir. RL uzoq vaqt davomida sizni tanigan maktab maslahatchisi (counselor) va ustozlar tomonidan yoziladi. Ular sizning akademik yutuqlaringizdan tashqari, fe`l atvoringizning maqtovli xususiyatlarini eslatib o`tishi kerak. Chunki RL larning asosiy vazifasi universitet qabul komissiyasiga sizni o`quvchi va inson sifatida qanday ekanligingiz va “campus” da qanday ta’sir ko`rsatishingizni yaxshiroq tushunishga yordam berishdir.

2. Lekin…

Lekin, ko`plab o`quvchilar RL’ni ustozlarga yozdirishdan ko`ra, o`zlari yozishni afzal ko`rishadi. Bunga asosiy sabab bizda unday tizim yo`qligida. Ya`ni, ko`p ustozlar RL qanday yozilishini bilishmaydi, yozgan taqdirda ham jon kuydirib yozmaydi. Bu esa insho yozish jarayonida kandidatlarga muammo bo’lishi mumkin.

RL larni o`quvchining o`zi yozganini universitetlar bilib qolishi mumkin, aldaganingiz sababli siz orzuingizdagi universitetdan “rejection” olishingiz ham mumkin. Sababi, boshqa yozgan essaylaringiz bilan yozish stilingiz bir xil bo`lsa, bu xatni ustoz yozmaganligini bilib olish tajribali qabul komissiyasiga qiyinchilik tug`dirmaydi.

Bunga yechim sifatida biz sizga, muqobil (alternative) usulni taklif qilamiz:
-sizni yaxshi tanigan ustozdan, xarakteringizni va o`quvchi sifatida qanday ekanligingizni qisqa qilib yozdirib olasiz.
-uni ingliz tilini yaxshi bilgan do`stingizga berasiz. Masalan, do`stingizga ham RL kerak bo`lishi mumkin. Shunda bir-biringizga ustoz yozib bergan qisqa xatni haqiqiy RL holiga keltirishga yordam berasiz.

Bunda RL ning yozish usuli ham har xil bo`ladi, do’stingizga ham yordam bergan bo’lasiz. Va o`zingiz yozib, universitetni aldamaganingizdan ko`nglingiz ham xotirjam bo`ladi. Umuman olganda RL ning asosiy maqsadi sizga chetdan nazar tashlash uchunligini kafolatlaysiz.

Ishlatilgan jargonlar:
1. RL - recommendation letter bu ma`lum bir o`quv dasturida - universitetlarga - qatnashishingiz uchun sizni tavsiya qilingan xatdir
2. Counselor - maktabda rasmiy faoliyat olib boradigan maslahatchi.
3. Campus - universitet yoki uquv binosi joylashgan hududi.
4. Kandidat - ariza topshirayotgan inson.
5. Rejection - Rad etilish yoki qabul qilinmaslik.

Eslatib o’tamiz, UNLOCK sahifalarida chop etilgan materiallardan foydalanish majburiy emas. Bizning asosiy maqsadimiz shu kungacha ustozlarimizdan, onlayn manbalardan, va tajribamizdan orttirgan bilimlarni boshqalar bilan bepul ulashish. Agar xato va kamchiliklar bo’lsa, bizga eslatib o’tsangiz, sizdan minnatdor bo’lamiz zero har bir inson xato qilishga moyil.

Xurmat bilan, UNLOCK jamoasi a’zosi
Fotima Murodova.

@unlockuz