Get Mystery Box with random crypto!

2010-yil 22-may - YeCHL finali Bavariya - Inter... O'sha o'yin | PERSONALL

2010-yil 22-may - YeCHL finali Bavariya - Inter...
O'sha o'yinda Bavariya mag'lub bo'lgan bo'lsada shu jamoaga negadir g'oyibdan muhlis bo'lib qolgan edim... Oradan 12 yil o'tibdi, bu orada Bavariya yana 3 marta YeCHL finaliga chiqib 2 marta g'alaba qozondi, bundan tashqari judayam ko'p har xil kuboklarni qo'lga kiritdi, shu qatorda judayam ko'p oddiygina mag'lubiyatlarga ham uchradi. Bavariya Germaniyaning klubi bo'lgani uchun o'z o'zidan terma jamoalardan Germaniyaga balet qila boshladim... Birinchi yilni o'zida Germaniya Jahon Chempionatida 3-o'rinni egalladi, keyingi Jahon Chempionatini 1-o'rinda yakunlagan bo'lsa, 2018-yilgi Jahon Chempionatida hattoki guruhdan ham chiqisholmadi...
Bir insonning mashhur gapi bor: " G'alabamizda birga bo'ldingmi mag'lubiyatimizda ham birga bo'l " - shu gapga amal qilgan holda shu ikki jamoaga har qanday vaziyatda muhlislik qildim... Shu jamoalar ortida judayam ko'p tortishuvlarda qatnashdim tan olaman ko'pincha yutqazardim chunki men tortishgan insonlar Real Madrid va Barselona muhlislari edi, lekin ular ham tan olishlari kerak 1 asrdirki shu ikki Gigant jamoaga faqatgina Bavariya bosh og'riq bo'lolardi...
23-noyabr 2022- yil
Qatarda bo'layotgan Jahon Chempionatida barcha mezbon jamoalar kabi Qatar ham o'z qonun-qoidalarini kirita boshladi...
Lekin aynan 23-noyabr kuni shu qoidalarga o'z noroziligini bildirgan jamoa afsuski Germaniya bo'ldi... Ular bu ishlari bilan faqatgina Qatarga emas butun Islom olamiga hurmatsizlik qilishgandi... Ishonasizmi shu ishlaridan keyin o'yinni ko'rmadim ham chunki Germaniyaga nisbatan hurmatim o'lgandi, asosiy tarkibning 7 ta o'yinchisi Bavariya o'yinchilari bo'lganliklari uchun Bavariyaga 12 yillik muhlislik davrim ham tugadi... Germaniya(Bavariya) bu qilgan ishlari bilan mendek juda ko'plab muhlislaridan ayrilgani aniq... Va shu guruh bosqichidan chiqishlari uchun 1 emas yarim qadam yetmay qoldi, bu ularga berilgan eng alamli jazo bo'lsa kerak...
(eng yomoni Germaniya tarkibida asosiy tarkibda 2 ta musulmon yigitlar bor edi afsuski ular ham qolgan jamoadoshlari tarafida bo'lishdi)


Post 10.12.2022 yilda yozildi va kanalga joylash uchun Jahon Chempionatini tugashi kutib turildi