Get Mystery Box with random crypto!

​ Telegram pullik bo‘lyapti Telegram bir qancha pullik funksi | ᴘᴇʀғᴇᴄᴛ ᴄᴏᴅᴇʀs

Telegram pullik bo‘lyapti

Telegram bir qancha pullik funksiya va xizmatlarni o‘z ichiga olgan obunasini joriy qilmoqda. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu messenjer uchun reklama platformasidan keyingi ikkinchi monetizatsiya usuli bo‘lib, u ilovani saqlash xarajatlarining bir qismini qoplaydi va ishlab chiquvchilarga kelgusida ham foydalanuvchilarga cheksiz va bepul xizmat ko‘rsatishda davom etish imkonini beradi.

Telegram Premium narxi oyiga $5 bo‘ladi.

Quyida messenjerning premium foydalanuvchilarini kutayotgan barcha ma’lum yangiliklar bilan batafsil tanishing.

Limitlarni oshirish

Pullik obuna sizga messenjerning ayrim cheklovli funksiyalarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi – qoida tariqasida, ruxsat etilgan chegaralar ikki baravar ko‘payadi:

Chatlar soni (100 → 200).
Obuna bo‘lish mumkin bo‘lgan kanallar va superguruhlar soni (500 → 1000).
Jildlar soni (10 → 20).
Asosiy sahifa (5 → 10) va jild ichidagi (100 → 200) mahkamlangan dialoglar soni.
Kanallar va superguruhlar uchun ochiq havolalar soni (10 → 20).
Sevimli stikerlar soni (5 → 10).
Saqlangan GIF’lar soni (200 → 400).
Ilovaga alohida raqamlar bilan ulangan akkauntlar soni (3 → 4).
4 GB gacha bo‘lgan fayllarni yuklash imkoniyati


Telegram Premium egalari messenjer “bulut”iga 4 Gb gacha bo‘lgan hajmdagi fayllarni yuklashlari mumkin bo‘ladi.

Pullik obunaga ulanmagan foydalanuvchilar odatdagidek 2 GB gacha bo‘lgan media materiallarni jo‘natishi mumkin bo‘ladi. Ilova xotirasi Telegram’dan foydalanuvchi har bir kishi uchun cheksiz bo‘lib qolmoqda.

Tezroq yuklab olish imkoniyati

Media va hujjatlarni yuklab olish tezligida endi cheklovlar yo‘q bo‘lmaydi. Pullik abonentlar kerakli fayllarni ilova keshiga avvalgidan sezilarli darajada tezroq yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Ovozli xabarlarni matnga aylantirish

Endi ovozli xabarlarni tinglashning hojati yo‘q: kiruvchi audio yozuvning mazmunini bir marta bosish bilan qulay matn formatiga o‘giring.

Reklamalar yo‘q

Barcha postlarni o‘qib chiqqandan so‘ng tasma oxirida ko‘rsatiladigan homiylik postlari endi yirik ommaviy kanallarda ko‘rinmaydi. Imtiyoz faqat Premium abonentlari uchun amal qiladi.

Noyob reaksiyalar

Obuna bo‘lgan foydalanuvchilar xabarlar ostida standart to‘plamga kiritilmaydigan qo‘shimcha animatsion reaksiyalarni qoldirishlari mumkin (hozir u 16 ta emojini o‘z ichiga oladi).

Premium stikerlar

Stikerlar “peshtaxtasi” har oy eksklyuziv stikerlarni o‘z ichiga olgan paketlar bilan yangilanib boradi. Chatga bunday stikerlarni faqat Telegram Premium egalari yuborishi mumkin bo‘ladi.

Dialoglarning kengaytirilgan boshqaruvi

Obunachilarga har qanday sahifani standart jild sifatida o‘rnatish imkoniyati beriladi (hozirda “Barcha chatlar” standart jilddir).

Profil belgisi

Abonent ismining yoniga qo‘yilgan yulduz shaklidagi o‘ziga xos nishon uni boshqa foydalanuvchilardan ajratib turadi.

Animatsion avatarlar

Video avatarlarining animatsiyasi nafaqat foydalanuvchi profilini ochishda, balki chatlar ro‘yxatida va dialog oynalarida ham ko‘rinadi.

Premiumga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda video avatar oldindan tanlangan holatda statik bo‘lib qoladi.

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ