Get Mystery Box with random crypto!

Uy sharoyitida tayyorlangan ʺMUZQAYMOQʺ Masalliqlar: @Paza | @Pazandachilik

Uy sharoyitida tayyorlangan ʺMUZQAYMOQʺ

Masalliqlar:

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
5 stakan sut
1 stakan shakar
4 dona tuxumni sariği
200 gram sut Kremasi yoki qaymoq
10 gram vanilin

LİMONLİ MUZQAYMOQ UCHUN
1 dona limonni pöstloği (qirğichning eng kichkina közida ötqazilgan bölsin)
2 osh qoshiq limon suvi va 1 osh qoshiq pudra shakari.

SHKALADNİY MUZQAYMOQ UCHUN
1 osh qoshiq kakao va 30 gram shkalad.

TAYYORLANİSHİ:

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Sutni chuqur qozonga solib qaynating. Taxminan 1 stakan kamayguncha örta olovda qaynating. (taxminan 15 daqiqa qaynasa yeterli) Sutga 1 stakan shakarni yarimini va vanilinni soling, alohida idishga tuxumni sariğini va shakarni qolgan qismini solib rangi ochilguncha mikser yordamida aralashtiring. Qaynagan sutdan shakar bilan aralashtirilgan tuxumni ustidan sekin sekin qoshiqlab tökib qözğashga davom eting, tuxumli karishim iliq bölgach sutni hammasini töking va mikserni eng sekin qismi bilan 1 daqiqa aralashtiring. Tuxumli sut karishimini örta olovda qaynaguncha töxtamey qözgab turing, sut qaynay boshlagach darhol olovdan oling! Alohida idishda sovuq suv töldirib muzqaymoq bor qozoningizni sekin suvni ustiga qöying, (qozonni ichiga suv kirmasin ehtiyot böling) orada bir qözgab iliq holda keltiring, iliq bölgan muzqaymoqni sovutqichga qöyib sovuting. Alohida idishga sovuq kremani mikser yordamida yaxshilab köpirtib oling DİQQAT! Kremani köpirtmasdan oldin, köpirtiradigon idishingiz va mikserni uchuni muzlatqichda (marazinkada) 10 daqiqa beklating! Bu kremaning qulay köpirib qivom olishiga yordamchi böladi. Muzqaymoqni krema bilan mikser yordamida aralashtiring, muzqaymoqni juda ham chuqur bölmagan idishga solib muzlatqichga (marazinkaga) qöying. Har bir soatda muzqaymoqni chiqartib aralashtirib turing, ilk boshida bu ishlamni mikserda keyingilarini qoshiq yordamida aralashtiring. Bu ishlamni 4-5 marotaba takrorlasangiz yeterli.

LİMONLİ va KAKAOLİ MUZQAYMOQ uchun, tuxumli sut karishimini olovdan olgach 2 ta alohida idishga böling. Birisiga issiq vaqtida shkalad va kakaoni solib yaxshilab aralashtiring va sovuting.
LİMONLİ qismiga sut sovugandan söng limon pöstloği va limon suvini solib aralashtiring. DİQQAT! Sut issiqligida limonni solmang aksi holda sut irib qoladi! Sovugach muzqaymoqlarga köpirtirilgan kremani qoshiq qoshiq bölib mikser yordamida aralashtiring va muzlatqichga qöying

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
YOQİMLİ İSHTAHA
Tuxumni sariği muzqaymoqga qaymoqga öxshagan qöyiqlik beradi va muzlatqichda muzlab qolishini oldini oladi.