Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni bir odam bir shayxdan so‘radi: - Alloh shaytonni olov | Paplindan Shtapildan Fasonlar🌹

Bir kuni bir odam bir shayxdan so‘radi:
- Alloh shaytonni olovdan yaratganmi?
- Ha.
- Unga Jahannamda olov bilan azoblashni va’da berganmi?
- Ha.
- Unda qanday qilib, olovga olov bilan azob berishi mumkin!?
Shayx shunday dedi:
- Sen nimadan yaralgansan?
- Tuproqdan.
- Mana bu nimadan qilingan? - deb yerdan bir guvalani oldi.
- Tuproqdan.
Shunda shayx uning boshiga guvala bitta urib:
- Azoblandingmi!? - degan ekan...

Allohning ishlarini muhokama qilishga aqlimiz juda ojizlik qiladi.
Banda ekanligimizni unutmaylik!

DUNYODA