Get Mystery Box with random crypto!

#motivation ○ Har xil fast food, tamaki, spirtli ichimlillarda | Hak1mov Ozodbek (l1fe-content)

#motivation
○ Har xil fast food, tamaki, spirtli ichimlillardan voz kechgin. Chet tillarini o'rgan. Internetda faol rus tili foydalanuvchilari 60 mln dan ziyod. Ingliz tilida esa mlrd lardan ortiq. Ingliz tilini bilish hayotiy ehtiyojlardan biriga aylanib bo'lgan. Kitob o'qi. Har hafta bitta kitob o'qisang bir yilda 50 ta kitob bo'ladi. Bu esa hayotingni tubdan o'zgartirib yuborishi aniq. Vaqtdan unumli foydalan. O'z rejalaringni shunday rejalashtirginki, ular sensiz ham ishlasin. Ishda sening ishtiroking juda kam bo'lsin. Tez qaror qabul qilishni o'rgan. Keyinga qoldirma. Hamma ishlaringni o'zing qil yoki boshqalarga bo'lib ber. Kompyuter o'yinlaridan voz kech. Internetda vaqtni bekorchi narsalarga o'tkazishni bas qilgin. Ijtimoiy tarmoqlarni minimal holatga keltir. Bitta accoun ting bo'lsa yetadi. Tv dan umuman voz kechgin. Unda onging ular aytganidek yuvilib boradi. Yetarlicha sog'lom ovqatlanish va sport bn shug'ullanish bo'lsa 7 soat uyqu yetadi. O'zingni yaxshi, aqlli, halol va muvafaqqiyatli insonlar bilan bog'la. Ular seni baribir g'alabaga olib chiqadi. Sport bilan shug'ullan [ yugurish, turnik, body builder, bryus va hkz ] bularning barchasi miyyaga endorfen (baxt garmoni) yuklaydi. O'zgacha fikrlaydigan bo'lasan. Vaqtim yo'q deb bahona qilma. Hech kim qilmagan ishlarni qilgin. Qo'rqma. Qo'rquv faqat sening miyyangda shakillanadi, u aslida yo'q. Faqat sen va maqsadlaring bor. Qo'rquvga esa joy yo'q.
@ozodbek_hak1mov