Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zgu

Telegram kanalining logotibi oyna_va_haqiqatlar — Ko'zgu K
Telegram kanalining logotibi oyna_va_haqiqatlar — Ko'zgu
Kanal manzili: @oyna_va_haqiqatlar
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10
Kanalning ta’rifi

O'ZBEKISTON Oyna va haqiqatlar
♢ Unda Xalq xohlagan gaplar va haqiqatlarni aytib boramiz.
♢ Abduqodir Mo‘minov - yosh, ammo rost jurnalist bo‘lishni istagan Xudoni quli.
♢ O‘zbekistonda yashayman.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2020-12-13 10:57:04 Rahbarlardan talab qilishni o'rgandikmi?

Mamlakatimizdagi deputatlik saylovlaridan keyingi va'ziyat shuni ko'rsatdiki, odamlarning umumiy muammolari bir xil va xalq hukumat faoliyatidan qoniqmayapti. Saylov oldidan siyosiy partiyalar o'zlarining manifestlarini jozibali va'dalar bilan to'ldirgan edilar va saylovlarda g'alaba qozonganlaridan so'ng, bu va'dalarini unutdi, hukumat bu va'dalarni bajarmayapti. Ijtimoiy muammolar o'z vaqtida munosib yechim topmayapti. Bu esa aksariyat saylovchilar o'rtasida o'zini aldangan deb o'ylashlariga zamin yaratdi.

Demokratiyada haqiqiy hokimiyat xalqqa tegishli bo'lib, hukumat xalq tomonidan saylanadi. Qonunlarga tayangan holatda biz o'zimiz saylagan vakillarimizdan doimo talab qilish huquqiga egamiz. Shu bilan bir qatorda hukumatning qoniqarsiz ishlashi uchun keng jamoatchilik bevosita javobgar ekanini ham yodda saqlash kerak.

Achchiq haqiqat shundaki, rahbarlarni so'roq qilishga odatlanmaganmiz, chunki ularni kim ekanini tushunib yetmay ovoz berganmiz. Bu esa hamon tor fikrli insonlar soni jamiyatimizda ko'p ekanini bildiradi...

Bilasizmi rahbarlar bizning xushomadgo'yligimiz, qo'rquv yoki boshqa bir sabab bilan jim turushimizdan noto'g'ri xulosaga kelishadi, ya'ni shunaqa ekaningiz amaldorlar o‘zining har qanday istaklarini amalga oshira olishiga zamin yaratib kelmoqda. Bu esa o'z faoliyati davrida noma'qul ishlarga qo‘l urishiga ham sabab bo'lmoqda...

Gap shundaki, chindan yaxshi kelajak istaydigan inson esa xolis bo'lishi, yetakchilardan qonuniy huquqini hech ikkilanmay talab qilishni o'rganishi, qat'iyatlik bilan buning hisobini so‘rashi ham shart, tamom.

Ilhom Fayzullayev

https://t.me/Oyna_va_haqiqatlar
1.7K viewsedited  07:57
Ochish/sharhlash
2020-12-13 10:57:01
1.3K views07:57
Ochish/sharhlash
2020-12-13 02:18:14

Xalq o‘zini anglab birlashgan lahzaning o‘zidayoq halovat va saodatga yetishishi mumkin.
Mana bu hasharotlar to‘g‘risidagi oddiy multik, ammo odamlardanda shu hasharotlar ham jasoratli ekanini beburd odamlarga tushuntirib qo‘ymoqchi bo‘lgandek ishlangan multik.
Ko‘rdingizmi, yussasi kichik bo‘lsada birlashgan zahoti natijaga erishdi.
Shu choqqacha o‘zini eng muhim va zo‘r deb o‘ylagan ZARARKUNANDA ChIGIRTKA o‘zini qay darajada nochor ekanini, xalq esa naqadar katta kuch ekanini tushundi va o‘zining shu yana g‘o‘ddayishi ortidan qushga yem bo‘ldi.
Xalq kim? Xalq ~ Siz, armiyadagi askarlar, institutdagi talabalar, vazirlikdagi ishchi xodimlar, bozordagi savdogarlar, maktabdagi o‘quvchi~o‘qituvchilar, dehqon va chorvadorlar va hokazolar bu XALQ.
Vazirlar, prezident, kattakon rahbarlar esa mamlakat egasi emas, buni o‘ta aniq va chuqur tushunib oling.
To‘g‘ri, mukammal odamni o‘zi yo‘q, ammo o‘g‘ri va zo‘ravonlarni jazolash, xalq foydasiga yurish uchun mukammal bo‘lish shart emas.
Siz odamsiz!!!
1.4K views23:18
Ochish/sharhlash
2020-12-12 22:32:13 Яқинда янада "мақсадлар" аниқлашади чоғи...

Конституциянинг қайси моддасига ёки моддаларига қандай ўзгаришлар киритилмоқда?

Кеча бўлиб ўтган Олий Мажлис Сенати Кенгашининг мажлисида бир ҳафтадан кейин, яъни 18 декабрь куни ўтказиладиган ялпи мажлисда “Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартишлар киритиш тўғрисида”ги қонун кўриб чиқилиши маълум қилинди.

Ана, холос! Мамлакат Бош қонунига ўзгартиш киритилаётган экан-у, ҳокимиятнинг бирдан бир манбаи бўлган халқ бундан бехабар.

Зеро, Конституциянинг 128- моддасига кўра, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси тегишли таклиф киритилгандан кейин олти ой мобайнида Конституцияга ўзгартиришлар ҳамда тузатишлар киритиш тўғрисида кенг ва ҳар тарафлама муҳокамани ҳисобга олган ҳолда қонун қабул қилиши мумкин.

Энди савол туғилади: бу қонун лойиҳаси қаерда кўриб чиқилган — Қонунчилик палатасидами, қачон? Агар Қонунчилик палатасида қабул қилинган бўлса, нега бу ҳақда бирор марта ахборот берилмади? Ҳаттоки энг халқпарвар депутатлар — Расул Кушербаев, Дониёр Ғаниев ёки парламент ахборот хизмати бирор марта маълумот бермади?

Хуллас, саволлар кўп. Бироқ билгимиз келмоқда: Конституциянинг қайси моддасига ёки моддаларига қандай ўзгаришлар киритилмоқда? 5 та сиёсий партиянинг барчаси бу ўзгаришларни маъқуллаганми?

P.S. Бу саволларга парламентимизнинг қайси палатаси жавоб бераркан? Ахир давлатимизнинг очиқлик сиёсатини парламентимиз амалда таъминлаши керак, шундай эмасми?

@fikrat
1.2K views19:32
Ochish/sharhlash