Get Mystery Box with random crypto!

KINOTAVSIYA. “Qush odam” – Mashhurlik ortidagi iztirob va sanʼ | OYINA.UZ

KINOTAVSIYA. “Qush odam” – Mashhurlik ortidagi iztirob va sanʼatkor fojeasi haqida soʻzlovchi film

Spektakl premyerasi kuni tongda u miyasiga oʻrnashib olgan “qush odam” bilan soʻnggi marta gaplashadi. Tomosha boshlanib, hamma oʻz rolini qoyilmaqom oʻynay boshlaydi. Spektakl soʻngida Rigganning qahramoni oʻzini otib oʻldirishi kerak edi. Hamma narsadan charchagan Riggan esa sahnaga haqiqiy toʻpponcha bilan chiqadi va oʻzini otadi. Odamlar bir zumga nima boʻlayotganini tushunmay, angrayib qoladi. Keyin esa butun zal oyoqqa turib uni olqishlay boshlaydi. Tomoshadan birinchi boʻlib yugurganicha teatr tanqidchisi chiqib ketadi. U ijroning naqadar mukammalligi, Riggan teatrda “superrealizm” degan yangi yoʻnalishga asos solgani haqida birinchi boʻlib maqola yozishi kerak edi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/1613

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube