Get Mystery Box with random crypto!

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishg | OYINA.UZ

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

Prezident qarori bilan 2023-yil 1-dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Mazkur milliy tizim doirasida Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.

Zilzila oʻchogʻiga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda tezkor xabarnoma yuboriladi.

Shuningdek, 2023/2024 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim bosqichlarining amaldagi taʼlim dasturlariga Zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish qoidalari kiritiladi.

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube