Get Mystery Box with random crypto!

Ona elim, ildizingdan kelgan xabarman yoxud yarador arslon hay | OYINA.UZ

Ona elim, ildizingdan kelgan xabarman yoxud yarador arslon hayqirig‘i

.
..Halima opa 2012-yilning iyunida Buxoroda insult bilan yiqildi. Keyinroq uni Toshkentga olib kelishib, 16-kasalxonaga joylashganida ko‘rgani bordim. Harna, palataga kirishga ruxsat berishdi. Opa karavotda yotar, butunlay holdan toygan, horg‘in qaboqlarini zo‘rg‘a ko‘tarib, titroq ovozda tutilib-tutilib, arang so‘zlardi. Meni shunda bir narsa hayron qoldirgan. Halima opa shunday ahvolda ham she’riyat haqida gapirar va mendan: “Adabiyotda qanday yangiliklar bo‘layapti?” deb bot-bot so‘rardi. Uning she’r o‘qigisi kelardi, o‘qtin-o‘qtin yoniq satrlarni takrorlardi. Garchi shoir karavotda holsiz yotsa-da, uning qalb qanotlari parvozda ekanini ilg‘asa bo‘lardi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/825

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube