Get Mystery Box with random crypto!

Maqsadli auditoriyangizga kimlar kiradi? Keling buni manashu | Oybek Gafurov

Maqsadli auditoriyangizga kimlar kiradi?

Keling buni manashu 5 ta savolga javob berib, taxlil qilib ko'ramiz.

— Nima? Mahsulot turi
- kurs, kiyim-kechak, xizmat ko'rsatish, mobil telefonlar.
Kim? Xaridorning portreti - erkaklar, ayollar, tadbirkorlar, bolalar, ajrashgan qizlar, homilador ayollar, boylar, kambag'allar.
— Nega? Sotib olish motivatsiyasi - vazn yo'qotish, yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish, o'z-o'zini hurmat qilishni yaxshilash.
— Qachon? Xarid qilish vaqti - mavsumiy, butun yil davomida, ma'lum omillar ta'sir qilganda, masalan: ta'tilga chiqganda dam olish uchun kerakli jihozlarni izlaganda.
— Qayerda? Xarid qilish joylari - Instagram, veb-sayt, supermarket, shourumda.

Biz ushbu javoblarni maqsadli auditoriya portreti bilan to'ldiramiz. Bu uchun kreativ mahoratga ega bo'lishingiz shart emas. Bu yerda ushbu nuqtalarni ham ko'ring:

— Ijtimoiy belgilar: jinsi, yoshi, kasbi, daromadi.
— Xobbi, bo'sh vaqtni qanday o'tkazish.
— Mavjud ehtiyojlar va muammolar.
— Qanday his-tuyg'ular mahsulotni olish hissini qo'zg'atishi mumkin.
— Nima uchun mijoz sizdan sotib olishi kerak.

Taklif etilgan savollar va fikrlarning har birini etibor bilan ko'rib chiqqandan so'ng, siz maqsadli auditoriya haqidagi fikringizni tubdan o'zgartirishingiz mumkin - strategiyani mustahkamlashingiz - savdo samaradorligini oshirishingiz mumkin.

@Oybek_Gafurov_blog