Get Mystery Box with random crypto!

Biz bunga marketing tomondan qarab ko'ramiz. Bannerda ko'rib | Oybek Gafurov

Biz bunga marketing tomondan qarab ko'ramiz.

Bannerda ko'rib turgan texnika bu avtomobil signalizatsiya
pulti. Ular ikkinchi xotin deb
avtomobilni nazarda tutishmoqda lekin buni ko'p ayollar va texnikani tuahunmaydiganlar noto'gri tushunishyabdi.

A reja - ularga aynan manashu (salbiy) bo'lsa ham odamlar etibori va muhokamalari kerak. Hozida ijtimoiy tarmoqlarda, telegram kanallarda va davlat web sahifalarida muhokama qilinmoqda. Ular davlat tomonidan reklamalarni olib tashlanishigacha oldindan bilishgan bo'lishi ham mumkin.

B reja - bunday piyar kampaniyalarida b reja ham bo'ladi. Ular B rejada biz avtomobilni nazarda tutganmiz qabilida murojat yoki elon ko'rinishida odamlarga tushuntirishadi.

Xo'sh ularga bundan nima foyda bo'lishi mumkin?

Bunda brend tanilyabdi, odamlar onggida qanday faoliyat turi bilan shug'ullanishi aniq bo'lyabdi. Elmakonni o'zi ko'pchilik tanisa kerak, endi esa ko'proq auditoriyaga tanilmoqda. Ayniqsa ayollarimiz ko'proq taniydigan bo'lishadi.

Albatta bu mening taxminim boshqacharoq bo'lishi ham mumkin.

Shunga o'xshash piyar reklama kampaniyasini yaqinda Najot talimda ham ko'rgan edik
"Najot surishda"

@Oybek_Gafurov_blog