Get Mystery Box with random crypto!

Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonni | Oyat Uz

Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.

Baqara surasi 208-oyat

Ma’lumki, Islom Allohga bo‘ysunish ma’nosini bildiradi. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi: «Allohga butun borlig‘ingiz ila bo‘ysuning», degani bo‘ladi. Allohga bo‘ysunish to‘laligicha bo‘lsin. Tili bilan bo‘ysunib, dili bilan bo‘ysunmasdan yoki badani bilan bo‘ysunmasdan qolish kerak emas. Xullasi kalom, bo‘ysunish to‘laligicha, hamma tomondan bo‘lishi kerak.Islomga to‘lig‘icha kirish - oraliq davrda, ya’ni hayoti davomida butunligicha musulmoncha yashash demakdir. Aqiydani musulmoncha qilib turib, oilada xristiancha yashasa, bo‘lmaydi. Hamma-hammasi musulmoncha bo‘lishi kerak.
Oyatning oxiri Islomdan boshqa yo‘lga yurishlik shaytonning izidan ergashishlik ekanini va u ochiq dushman ekanligini ta’kidlayapti.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

https://t.me/joinchat/LKqANzxX9SxlYjdi

YouTube| Telegram| Instagram