Get Mystery Box with random crypto!

Qur'on Oyatlari ☪️

Telegram kanalining logotibi oyat_tv — Qur'on Oyatlari ☪️ Q
Telegram kanalining logotibi oyat_tv — Qur'on Oyatlari ☪️
Kanal manzili: @oyat_tv
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.06K
Kanalning ta’rifi

«𝐀𝐥𝐛𝐚𝐭𝐭𝐚, 𝐛𝐮 𝐐𝐮𝐫'𝐨𝐧 𝐞𝐧𝐠 𝐓𝐨'𝐠'𝐫𝐢 𝐘𝐨'𝐥𝐠𝐚 𝐡𝐢𝐝𝐨𝐲𝐚𝐭 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐫» [Isro: 9].
Hamkor kanallarimiz: ↓↓↓
Rasmli Hadislar ➥ @Xadislar_TV ☪️
Zikr va Duolar ➥ @Zikrlar_Duolar 📿
Maruzalar ➥ @MadinaStudio_Uz 🎧

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-16 16:31:26 Oli Imron surasi 175-oyat

Saad Al Ghamadi
606 views13:31
Ochish/sharhlash
2023-01-16 13:47:39
#Oli_imron_surasi 175

إِنَّمَا ذَٰلِكُمُ الشَّيْطَانُ يُخَوِّفُ أَوْلِيَاءَهُ
فَلَا تَخَافُوهُمْ وَخَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

«Albatta, bunday boʻlishingiz shaytondandir, u oʻz yaqinlaridan qoʻrqitadi. Bas, agar moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmanglar, mendan qoʻrqinglar».

(Yaʼni, odamlar sizga qarshi kuch toʻpladilar, ulardan qoʻrqinglar, degan xabardan qoʻrqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni oʻz yaqinlaridan qoʻrqitadi. Shayton oʻziga ergashganlarni sizning koʻzingizga kuchli boʻlib koʻrinishini istaydi. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, ulardan qoʻrqmanglar, ularning qoʻlidan hech narsa kelmaydi.)

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
916 viewsedited  10:47
Ochish/sharhlash
2023-01-14 16:01:51 Ibrohim surasi 41-oyat

Ahmad al Nufais
697 views13:01
Ochish/sharhlash
2023-01-14 13:34:27
#Ibrohim_surasi 40

رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لِي وَلِوَٰلِدَيَّ وَلِلۡمُؤۡمِنِينَ يَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡحِسَابُ

«Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va moʻminlarni hisob qilinadigan kuni magʻfirat aylagin».

Ibn Robia roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Paygʻambarimiz ﷺ huzurlarida edik, Bani Salama qabilasidan bir kishi kelib: “Yo Allohning rasuli, ota-onam vafot etganidan soʻng ham ularga qilishim kerak boʻlgan yaxshilikdan qoldimi?” dedi. Paygʻambarimiz ﷺ: “Ha, ularning haqiga duo qilish, istigʻfor aytish, ulardan keyin ahdiga vafo qilish va doʻstlarini hurmatlash va ular tomonidan boʻlgan qarindosh­lar bilan bogʻlanish”, dedilar. (Abu Dovud, Ibn Moja va Hokim rivoyati)

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
“Inson vafot etganidan soʻng darajasi koʻtariladi. Shunda u: “Ey Rabbim, bu nima? Yaʼni, darajaning koʻtarilishi nimadan?” deydi. Shunda unga: “Farzanding sening haqingga istigʻfor ayt­di”, deydi”. (Buxoriy rivoyati)

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
1.0K viewsedited  10:34
Ochish/sharhlash
2023-01-11 12:41:02 Ibrohim surasi 40-oyat

Ahmad al Nufais
1.0K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-01-11 07:09:11
#Ibrohim_surasi 40

رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلَاةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي ۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاءِ

«Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni toʻkis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin».
(Ibrohim alayhissalom duolari)

Allohga qilingan duolar ijobat boʻlib, solih farzand dunyoga kelganidan keyin ham ota-ona farzandlarining komil inson boʻlib voyaga yetishlarini soʻrab doimo Allohga duolar qilish hamda shu duolarning ijobati uchun amaliy tarbiyaga ham jiddiy eʼtibor qaratish lozim. 

Paygʻambar ﷺ doimo farzandlarining, nabiralarining hamda boshqa moʻminlarning farzandlarining haqlariga duolar qilganlar. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ uni va Hasanni qoʻllariga olib: “Ey Allohim, men u ikkisini yaxshi koʻraman. Sen ham u ikkisini yaxshi koʻrgin”, deb duo qilar edilar. (Buxoriy rivoyati) 

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
1.3K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-01-08 14:46:59 Nur surasi 31-oyat

Abdurrahman As-Sudays
1.1K views11:46
Ochish/sharhlash
2023-01-08 13:04:58
#Nur_surasi 31

«Moʻminalarga ham ayting, koʻzlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) toʻssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda koʻrinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (yaʼni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) koʻrsatmasinlar va koʻkraklarini roʻmollari bilan toʻssinlar! Ular zeb-ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo oʻgʻillariga yo erlarining oʻgʻillariga yo oʻzlarining ogʻa-inilariga yo ogʻa-inilarining oʻgʻillariga yo opa-singillarining oʻgʻillariga yo oʻzlari (kabi) ayollarga yo qoʻl ostilaridagi choʻrilarga yo (ayollardan) behojat boʻlgan (yaʼni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan goʻdaklargagina (koʻrsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlar bilinsin uchun oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey moʻminlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar».

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
1.3K viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:50:52 Oli Imron surasi 139-oyat

Saad Al Ghamadi
1.1K views11:50
Ochish/sharhlash
2023-01-05 12:24:20
#Oli_imron_surasi 139

وَلَا تَهِنُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَنتُمُ الْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

«Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar».

(Ey musulmonlar! Hech boʻshashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan ogʻirliklarga xafa boʻlmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga daʼvat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
406 views09:24
Ochish/sharhlash