Get Mystery Box with random crypto!

#Isro_surasi 79 وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً ل | Qur'on Oyatlari ☪️

#Isro_surasi 79

وَمِنَ اللَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِ نَافِلَةً لَّكَ عَسَىٰ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًا مَّحْمُودًا

«Kechaning baʼzisida u (Tahajjud namozi) ila  bedor boʻl. Senga nofila boʻlsin. Shoyadki Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa».

Ushbu oyat ila tahajjud namoziga targʻib qilish Qurʼonda kelgani eslatilmoqda. Kechasi bir uxlab turib oʻqiladigan namozni tahajjud namozi, deb ataladi. Shuningdek, bu namozni qiyom namozi, deb ham aytiladi. Avval boshida bu namoz vojib boʻlgan edi. Bir yilchadan keyin vojibligi nasx qilingan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dedilar: «Robbimiz tabaroka va taola har kecha tunni uchdan birining oxirida dunyo osmoniga tushadi va:
- Kim menga duo qiladi ijobat qilaman?
- Kim mendan so'raydi beraman?
- Kim menga istig'for aytadi mag'firat qilaman?"- deydi. (Muttafaqun alayhi)

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦