Get Mystery Box with random crypto!

Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi Prezident qaror | Oliy talim yangiliklari

Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Prezident qarori bilan (PQ–4857, 08.10.2020) “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi (Universitet)ning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi.

Qarorga koʻra, Filial:

barcha darajadagi mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;

taʼlim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boradi;

kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi taʼlim shaklida olib boradi;

bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi.

Respublikadagi jami oliy taʼlim muassasalari soni 126 taga, jumladan, xorijiy OTMlar filiallari 24 taga yetdi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Bizning kanal
@qabul_2020_dtm_uz