Get Mystery Box with random crypto!

​​Oktabr oyi uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda! 20 | Oliy talim yangiliklari

​​Oktabr oyi uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!

2020-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida 2020-yil 5-oktabr kuni boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish barcha bo’limlarda 9-oktabr kuniga qadar (9-oktabr kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya);
1 ta fayl (sellofan).

Bizning kanal
@qabul_2020_dtm_uz