Get Mystery Box with random crypto!

Litsenziyaga ega boʻlmagan soxta oliy taʼlim muassasalaridan o | Олий таълим янгиликлари // Oliy ta'lim yangiliklari

Litsenziyaga ega boʻlmagan soxta oliy taʼlim muassasalaridan ogoh boʻling!

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega boʻlmagan bir qator tashkilotlar oʻzlarini nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari sifatida targʻib qilish holatlari uchramoqda.

Xususan, koʻpchilik “Valley Innovative University”, Samarqand–Koreya xalqaro universiteti, Angren–Koreya internatsional universiteti, Xalqaro Yevropa universiteti va boshqa shu kabi muassasalar tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?" deb murojaat qilmoqda.

Ularning ayrimlari hattoki xorijda taʼlim olayotgan yurtdoshlarimizga oʻqishlarini Oʻzbekistonga imtihonsiz koʻchirish boʻyicha vaʼdalar berayotganligi aytilmoqda.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1154/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi