Get Mystery Box with random crypto!

O'TKIR HOSHIMOV Ikki eshik orasida, Robiya yig'lar edi. Umar | 𝐎'𝐓𝐊𝐈𝐑 𝐇𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐎𝐕 𝐈𝐉𝐎𝐃𝐈

O'TKIR HOSHIMOV

Ikki eshik orasida,
Robiya yig'lar edi.
Umar zakunchi uni,
Qalbini tig'lar edi.

Yorga sadoqat bilan,
Yashab o'tgan Qumrilar,
Juda zo'r yozilgandi,
"Tushda kechgan umrlar".

Malhamdek bo'lgan edi,
Dardli dillar davosi.
Sof samimiy va ilk
Yozilgan "Cho'l havosi".

Goho shirin, goh achchiq,
Turmushning tashvishlari.
Ona haqda yozilgan,
Eh "Dunyoning ishlari".

Har bitta asarida,
Yolg'on so'zni aytmaydi.
Joyi jannatda bo'lsin,
Endi "Bahor qaytmaydi.

Har bir yozgan asari,
Ajoyib kuy ham soz edi.
Adib O'TKIR HOSHIMOV,
Bizlarga Ustoz edi.

Bu buyuk Yozuvchini,
Qilaversam gar ta'rif.
Bir olam doston bo'lar,
Yozmoqqa etmas harf.


SHOIR QALBIY