Get Mystery Box with random crypto!

🎭

Telegram kanalining logotibi othernessness — 🎭 O
Telegram kanalining logotibi othernessness — 🎭
Kanal manzili: @othernessness
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

🔕

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-12-14 06:47:35 Bugun uchun bir oʻgit...

Alloh sadaqani faqir va miskinlarga berishga buyurgan. Va Oʻzi ham shunday qiladi.

Bir ilmni oʻzim oʻrganaman,shu kitobni oʻqisam bilib qolaman, oʻzim harakat qilayapman-u dema.

Allohga faqirligingni miskinligingni izhor qil. Alloh shu ilmni menga ato et,faqirman,miskinman ilmga muhtojman deb yakka Oʻzidan soʻra.

Miskinga berishga buyurgan Alloh,Oʻzi ham miskinga beradi.

Alloh tomonidan beriladigan marhamatlarni keng boʻlishini istasang,faqirlikni,miskinlikni qoyillatib qoʻy.

Shayx Husaynxon

P)s: Minde oʻylab qarasam,faqirlik u yoqda tursin, oʻzidan ketgan 'boy' ekanman

@othernessNess
125 views03:47
Ochish/sharhlash
2022-12-12 10:44:05 Aqlmi? Qalbmi?

Insonning tobora Allohga yaqinlashib borishi,uni shaxsiyatini ham buyuklashtirib boradi..

Gender tengligi musulmonman degan odamga oʻzi kerakmi?





Shu intervyuni koʻrishni maslahat bergan boʻlardim. Vaqtingiz yoʻq boʻlsa ham ,koʻrish kerak.
Qandaydur notoʻgʻri fikrlarni oʻziga haq deb olishdan Alloh asrasin..

"Tarixda millionlab insonlar tuygʻularning qurboni boʻlgan. Aqlni qurbonimas. Nega? Chunki insonning qarorlari tuygʻularga 70% bogʻliq,kamida.

Psixologiya yana balo-battarlar aqlni muolaja qiladi. Lekin qalbni nima muolaja qiladi? Qarorlarning markazi boʻlgan qalb bilan kim ishlaydi?
U bilan faqat din ishlaydi. Boʻlib ham u ilohiy din boʻlishi kerak."


Hasanxon Yaxyo Abdulmajid

@othernessNess
119 views07:44
Ochish/sharhlash
2022-12-09 11:40:04 Epidemiya—"Mehr virusi."

Etiologiyasi (keltirib chiqaruvchi omil):
Qalbdan hasadni chiqib ketishi,malomat qilmaslik, insoniylik tuygʻulari

Patogenezi(kechish mexanizmi):

Insonlarning bir biri bilan ochiq chehra bilan salomlashishligi,bir biriga yordam berishligi,ilm oʻrganib,uni tarqatishligi,goʻzal xulqni oʻzida mujassamlashtirishi natijasida tanadagi bir parcha goʻsht (qalbning) tobora yumshashi bilan kechadi.

Klinik belgilari:

Doim kulib yurishlik;
Yomonlikni oʻylamaslik;
Birovga malomat qilmaslik;
Oʻzidan oʻzgani ustun qoʻyishlik;
Tobora dinni,islomni sevib borishlik;
Mehr muhabbat, insoniylik ,goʻzal xulq kabi tuygʻularning yuqori darajadagi koʻrinishi.

Davolash:

Bu kasallikka hali davo topilmagan. Bu virus bilan ogʻriganlar hanuz tuzalmagan.
Davolash tavsiya etilmaydi
Kasallikka qarshi turli vaksinalar qoʻllash nojoʻya taʼsirini koʻrsatishi isbotlangan. Vaksina (anti-mehr) qoʻllash hayvoniy tuygʻular avj olishiga,allergik jarayonlar qoʻzgʻashligi,qalb hujayralari faoliyatiga salbiy va salbiy taʼsiri aniqlangan.

Profilaktika:

Koʻproq bu kasallikni tarqatish,omma va jamoat joylarida maskasiz yurish,vaksina qoʻllamaslik tavsiya etiladi.

Hamma shu virusga chalinib qolsa yaxshi boʻlarmidi a?

P)s: Qishda,qorda,sovuqda,muzda shapka kiyib yursam ham meni yaxshi koʻradiganlar topiladi

Sizga mehr virusini tilab kamina- men

Juma muborak

@othernessNess
111 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:35:59 [3] (2) (1)

Fasllar oʻtadi. Aylanib yana yoz-qish keladi.
Bu nimasi?
Nimaga ishonyapsan?
Sen oʻzing yana yetib borasanmikan aylanib?
(vaqtingni qadrla)

1. Qara,boshqacha a?
2. Bugun 'dushanba'
3. Zahar ber ma
4. Sen oʻzgartir...
5. Kuz,,,
6. Tartib va odob
7. Uyal
8. Endi shunday deymizmi...
9. 7 yil oldin oʻzimni koʻrib qolganimda, oʻzimga aytardim...
10. 4kun oldin ketasan,maktabingni oʻylama

11.Dunyoda boshqa zavq qolmadi
12.Raqobat hasad emas...
13. Dadam bilmaydi(mi)
14.Bu post ovqat haqida emas
15. Ustoz-otangdek ulugʻ.
16. "Mening qahramonim_Boburning oyisi"
17. Hali ham oʻqishga topshirmaganmisan. Unda read this.. /
18.Menga seni fikring 'muhim'(aldamayapman)
19.Shuncha kitobni bekorga vaqt ketkazib oʻqidimmi
20.Oʻzimga va senga bitta savolim bor

21.Hayotning yozilmagan 3 qoidasi
22."Asalarichilik" sindromi
23......lantirish kimga kerak))
24.Senga ozgina aqllilik qilmoqchiman
25.Gulla-yashna Uzb
26.Mening sevimli hamrohlarim..
27.Bugun uchun bir oʻgit...
28.Doʻstim! Sen menga keraksan...
29."Asalarichilik" sindromi 2
30.Reklama
31.Oʻzim haqimda ( oʻzim)
32.Tavba eshigi yopilmas...

*Men
*Men


Kanal haqida fikrlarni kommentariyada kutaman. Kamchiliklar boʻlsa tuzatamiz Aldamayapman..

P/s: -Tepadagi 3ta savolni nega yozding?
-bilmayman

-Javob yozisharmikan?
-bilmasam

-Yozganlaring bilan uje odamlarga yoqmayapsan
-ular xohlagandek boʻlmaslik menga yoqadi.
.

Kecha bilmasdim,hozir bilmayman, ertaga ham bilmaslikdan umidvorman...

Sodiqlarga biz ham sodiqmiz

°othernessNess- hayotning fikrlaydigan damlarida birga boʻl.

@othernessNess
332 views16:35
Ochish/sharhlash
2022-12-04 13:10:32 Meni 2ta yomon odatim bor: 1. Gapimni oxirigacha aytmayman; 2. @othernessNess
117 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-11-29 16:12:24
#muhim (deb oʻyladim)

Tavba eshigi yopilmas...

"- Kimnidir yaxshi inson edi deb eslash uchun uning o‘zi tark etgan yomon ishlari bilan eslash shartmi!
- Axir sizlarni xalq kuzatadi xatolardan saqlaning iltmos!
-Men ham yoshligimda playlistim to‘la ummon bo‘lgan, lekin yoshligimda! Bu ishlarini o‘zlari ham to‘xtatishgan-ku vaqtida.

Nima demoqchiman? Ko‘pchilikka ta‘siri bor odamlar chiroyli ishlarda o‘rnak bo‘lsinlar!"


Mr.Odil

P)s: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Bir kimsa gunohiga tavba qilib, boshqa bunday gunoh qilmasa va yomon fe’llarini tark etsa, Alloh yozuvchi malaklarga u bandasiga oid yozilgan gunohlarni o‘chirtiradi:
-ayni tarzda bandasining barcha a’zolariga;
gunoh qilingan joyga;
-va ko‘kdagi maqomiga ham u gunohlarni unuttiradi. Toki Qiyomat kuni bu gunohlarning qilinganiga oid guvohlar qolmasin”.


@othernessNess
144 views13:12
Ochish/sharhlash
2022-11-28 21:05:28 Oʻzim haqimda ( oʻzim)

-Oʻzimdan har kuni topadigan ayblarim bor.
-Oʻzimdan boshqani koʻra olmaydigan ichimdagi "men" bor.
-Oʻzimdan uyalmaydigan bitta tosh yuragim bor.
-Oʻzimdan oʻzgaga yoqmaydigan javobsiz savollarim bor.
-Oʻzimdan boshqaga ayta olmaydigan gaplarim bor.


-Oʻzimdan koʻra meni koʻproq suygan ota-onam bor))
-Oʻzimdan koʻra koʻproq men sevgan insonlar bor.
-Oʻzimdan koʻra menga mehribon doʻstlarim bor.
-Oʻzimdan koʻra meni yaxshi taniydigan goʻzal qalblilarim bor.

P)s: -Oʻzim bilan oʻzim doim qarama-qarshi.
-Oʻzimdan oʻzimgacha tutash bir yoʻl bor.


Oʻzim oʻrniga oʻzing qoʻyib koʻr. Oʻzing bilmaydigan "oʻzing" haqida tafakkur qilib koʻr.

@othernessNess
124 views18:05
Ochish/sharhlash
2022-11-27 17:45:28 Bugun men sizlarga post yozishni oʻrgataman

Buning uchun bizga kerak boʻladi:

-aqlimiz joyidaligida oʻqib qoʻygan 1 2 ta aqlli gaplar;
-maktabda ustozimiz oʻrgatgan, imlo xatolarisiz yozish haqidagi bilimlarimiz;
-Alloh aziz qilib yaratgan va hozirda sizning kanalizda obunachi boʻlib turgan qora koʻzlarni qiziqtira oladigan bitta ajoyib mavzu;

-postga goʻzal bir dizayn uchun stiker kerak boʻlsa stiker yoki chiroyli harf shriftlari(tabga koʻra);
-aqlingizdan,qalbingizdan joʻshib,oshib-toshib chiqayotgan,aniq faktlarga asoslangan,yuraklarni titratvoradigan shaxsiy yoki biror bir muallifning chiroyli satrlari va yana joʻshqin bir ishtiyoq
-hamda bularni hammasini bitta qilib tartibga sola oladigan,super-muper aqlli bosh kerak boʻladi

Hamma ingrediyentlarni olib,15-20 daqiqa davomida bitta post qilib tayyorlab,kunning ertasi yoki kechki payti kanalga joylaymiz. Bu ishni har kuni yoki kunora va yoki har 4-5 kunda uzviy, surunkali ravishda davom ettiramiz.

Va qarab turibsizki ,kanalingizda sizni kuzatayotgan goʻzal yuzlilarga manzur keladigan bitta kamtarona, latif kontent tayyor

Mmm,men koʻrmaganman bunaqangi chiroyli,shirin chocotellani,aa yoʻgʻe ma'nili postni.


P)s: hehe


Bunga 'podpischik'lar nima deydi?

@othernessNess
99 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-11-27 07:13:18 "Asalarichilik" sindromi Goʻzal soʻzlash-goʻzal axloq! Goʻzal axloq Rasululloh alayhissalomdan meros. Soʻkinib gapirish nafaqat sunnatni tark qilish ,balki uni oyoq osti qilish deb bilaman Bekorga aytishmagan ekan, 'oldin oʻyla keyin soʻyla' deb.…
142 viewsedited  04:13
Ochish/sharhlash