Get Mystery Box with random crypto!

Bizga mehmonga Shu-shu hamda Zu-zu keladigan boʻlib turibdi. | 🎭

Bizga mehmonga Shu-shu hamda Zu-zu keladigan boʻlib turibdi.

Shu-shu ijobiy obrazda biz bilan birga boʻladigan qahramon. U hammadan boshqacha. Hech kim unga oʻxshamaydi. Yoki u hechkimga oʻxshamas.

Xullas, u xatoni koʻrsa, rostni aytadi. Sevgiga toʻla. Mehribon. Shu bilan birga xafa boʻlsa xafa boʻldim deb aytadi, lekin doim birinchi boʻlib oʻzi kechiradi,xato boshqada boʻlsa ham. Xuddi bolalardek xarxasha qiladi. Fe'li bolalardek bolsa ham,aqli raso. Kerak paytda bilmayman deyishni biladi. Lekin hammasini bilib turgan boʻladi.

Tavakkaldan qoʻrqmaydi. Uning sifatlari koʻp. Yaxshilari serob albatta. Yomoni ham yoʻq emas. Boshqa sifatlari bilan "yoʻl-yoʻlakay" gaplashamiz hali yana.

Zu-zu salbiy obrazlarda oʻzini koʻrsatish istagida. Uning ham sifatlari koʻp. U ham xafa boʻladi. Lekin Shu-shu kabi kechirishi oson emas. Qalbida gʻilli-gʻash saqlaydi. Ozgina kibrli.

Yordam qoʻlini choʻzmaydi. Bee'tibor. Odobsiz qiliqlari ham yoʻqmas. Ataylab boshqalarni xafa qiladi. Shu-shuga hasadi ham bor chamamda. Qizgʻonchiq.

Ha mayli hamma gapni aytib qoʻymay. Tepada aytganimdek "yoʻlga" ham gap qolsin.

Xullas Shu-shu hammaga oʻrnak boʻla oladi. Zu-zu ni ham oʻrnak desa boʻladi. Chunki uni qilgan ishlarini, shunchaki, aqli bor hech kim qilmaydi. Odobni odobsizdan oʻrgan deganlaru biz tanimaydigan kimlardir.

P)s: Ikki doʻst— Shu-shu hamda Zu-zuning hayotiga qiziqadiganlar bormi? Ular bilan yaqindan tanishishni xohlaymizmi?

— bulardan birini bosib yoki kommentariyaga yozib oʻz fikringizni qoldirishingiz mumkin.

Men devoringlar,kimlar bor?

@othernessNess