Get Mystery Box with random crypto!

OTFIV | Toshkent

Telegram kanalining logotibi otfiv_toshkent_boshqarmasi — OTFIV | Toshkent O
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Табрик
Telegram kanalining logotibi otfiv_toshkent_boshqarmasi — OTFIV | Toshkent
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Табрик
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.09K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Toshkent shahar boshqarmasi.
Murojaat uchun telefon:
55-511-55-44;

Ratings & Reviews

4.50

0 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-07-01 17:56:29
Tanlov uchun ovoz bering

Eng kreativ matbuot xodimi; tanlovi uchun tayyorlangan videoroliklar orasidan qaysi biri sizga yoqdi?

Mazkur post tagidagi maxsus knopka orqali oʻzingizga yoqqan kreativ video uchun ovoz bering.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
7.5K viewsedited  14:56
Ochish/sharhlash
2024-07-01 16:08:10
“Eng kreativ matbuot xodimi” tanlovining navbatdagi nomzodi

Mazkur tanlov qatnashchilaridan biri Chilonzor tuman 1-son kasb-hunar maktabi hisoblanib, ushbu videorolik maktab jamoasi tomonidan “Eng kreativ matbuot xodimi” tanlovi uchun tayyorlangan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
3.8K viewsedited  13:08
Ochish/sharhlash
2024-07-01 08:00:33
Bugun 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish boshlandi.

Hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari ta'lim olishlari mumkin. O‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi. O'qish muddati 2 yil

Ma'lumot o'rnida Toshkent shahrida 6 ta kasb-hunar maktablari mavjud

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
4.0K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-06-30 07:09:06


30-iyun Yoshlar kuni muborak bo‘lsin.

Aziz yoshlar barchangizni Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, shijoat, barkamollik va yoshlik sururi hayotingiz davomida Sizlarga yo‘ldosh bo‘lishini tilayman!

Yoshlar – millatimizning faxri, kelajagimiz umidi. Sizlar o‘z bilimlaringiz, tashabbuslaringiz va mehnatsevarligingiz bilan yurtimizning ravnaqi va taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqdasizlar. Har biringizdagi orzu-umidlar, maqsadlar va rejalar mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi yangi yutuqlarning garovidir.

Hech qachon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda. Shu muqaddas ishonch va mas’uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf barchangizga nasib etsin!

Hurmat bilan Toshkent shahar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Bunyod Abduxalilovich RADJABOV

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
4.6K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2024-06-29 09:45:38
“EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVINI E’LON QILADI!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:

- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
-doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan.

E’tibor bering, (http://admission.eyuf.uz onlayn qabul platformasi 2024-yil 25-iyundan boshlab hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi.

Qo‘shimcha savollarga javoblarni
+99 871 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki info@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
6.3K views06:45
Ochish/sharhlash
2024-06-28 15:32:57 Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bogʻlarida mehnat yarmarkalarini oʻtkazish topshirildi. Bu orqali vakant oʻrinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.

Yoz oylarida “qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga oʻqitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
4.7K views12:32
Ochish/sharhlash
2024-06-28 13:39:28 Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
5.6K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2024-06-28 11:03:09
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazadi.
4.3K views08:03
Ochish/sharhlash
2024-06-27 06:49:21
#Tabrik

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

Aziz jurnalistlar, matbaa va nashriyot, televideniye, radio sohasining jonkuyar ijodkorlari, soha faxriylari Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy qutlab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 
Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
4.6K viewsedited  03:49
Ochish/sharhlash
2024-06-26 12:44:54
#Qabul_2024

Respublika musiqa va san’at kolleji 2024/2025-o'quv yili uchun buyuk san’at darg’alari yetishib chiqqan maskanga barcha san'at ixlosmandlarini o'qishga chorlaydi!

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
4.3K views09:44
Ochish/sharhlash