Get Mystery Box with random crypto!

Nima bilan bandman Allohning marhamati, bergan ilmi bilan ab | OSON TARIX (ELDOR ASADOV)

Nima bilan bandman

Allohning marhamati, bergan ilmi bilan abituriyentlar uchun foydali test kitoblarni tayyorlash ustida ishlayapman.

Bu kitoblar Tarixga qiziquvchi har qanday yosh yigit-qizni fanga boʻlgan qiziqishini oshiradi degan umiddaman.

Kitoblarni quyidagi nomlar bilan nashrdan chiqarishni niyat qilyapman. Balki, bu nomlarni nashrdan oldin oʻzgartirarman.

OSONTARIX 30/30 (1-kitob)
OSONTARIX 30/30 (2-kitob)
OSONTARIX 30/30 (3-kitob)
OSONTARIX 30/30 (4-kitob)

Tushungandirsiz, hozirda naqd toʻrtta kitobni nashrga tayyorlayapman.

Har bir kitob 30 ta test topshiriqlaridan iborat 30 ta variantni oʻz ichiga oladi. Bu degani toʻrtta kitobda jami 120 ta «tesha tegmagan» variant, jami 3600 ta test topshiriqlari oʻrin olgan. Savollar variantlarda takrorlanmaydi!

Savollar abituriyentlarni «sindiradigan» fitfillionchi darajada tuzilmagan. DTM standartiga toʻliq javob beradi. Fikrlashga yoʻnaltirilgan, miyani qitigʻlaydigan, kitob ochib varaqlashga undaydigan savollar tuzishga harakat qilyapman.

Nasib qilsa, 1-aprelgacha toʻrttala kitob ham nashrdan chiqqan, abituriyentlarga yetkazishga tayyor holga keladi.

Duo qiling doʻstlar, ushbu kitoblar minglab yigit-qizlarning sevimli kitobiga aylansin.