Get Mystery Box with random crypto!

#Test_va_tahlil Qaysi javobda shaxs-son shakllari qatnashgan | Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

#Test_va_tahlil

Qaysi javobda shaxs-son shakllari qatnashgan?
A) Kelinglar, dam olinglar!
B) Vaqting bormi oʻzi?
C) Qani ketdik.
D) Koʻzingga qarab yur, bola!

Javobni topamiz!

A) kel(feʼl) + inglar(II shaxs buyruq-istak mayli), olinglar ham xuddi shunday
B) Vaqt(ot) + ing(egalik). Shaxs-son qoʻshimchalari hech qachon otga qoʻshilmaydi.
D) Koʻz(ot)+ing(egalik)+ga(kelishik)
C) Ket(feʼl)+di(zamon)+k(shaxs-son)

Endi dehqonchasiga: Mayl qoʻshimchalarining otni kallasidek yuragi bor. U toʻgʻri borib feʼlga kalla qoʻyadi. M: Kel(feʼl)+ ing(mayl).
Lekin shaxs-son unday emas, zamon qoʻshimchalaridan birontasi qoʻshilib boshlab bermasa, hech qachon yuragi betlab feʼlga oʻzidan oʻzi qoʻshilolmaydi. Mustaqil qaror qabul qilolmaydi. M: Kel(feʼl)+di(zamon)+ing(shaxs-son)
Koʻpchilik abituriyentlarimiz javobni toʻgʻri topib, izohlab berishdi. Qolganlar, yaxshilab oʻqinglar! DTM tuzoqlariga ilinmanglar. Har bir savolga shubha bilan qarang...

Biz bilan ona tili va adabiyotni secretlarda